4. Mustahkamlash: Laboratoriya ishi yuzasidan xulosa yozish.
5. Uy vazifalari.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob yozish.
20- dars sana: 9-sinf
Mavzu: Suyuqlik va uning xossalari. Sirt taranglik
Darsning maqsadi.
a) Suyuqlikning xossalari, sirt taranglik hodisasi hamda sirt taranglik kuchlari haqida ma'lumotlar berish.
b) O’quvchilarga estetik va nafosat tarbiyasini berish. Ijodkorlikka o’rgatish
d) O’quvchilar dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini o’stirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: suyuqlikning oquvchanligi, sirt taranglik hodisasi, sirt taranglik kuchi, sirt taranglik koeffitsienti.
Darsning jihozlari: plakatlar, tarqatma didaktik materiallar.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Fizik diktant» interfaol metodi.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalaniladigan «Fizik diktant» metodidan foydalanishga hozirlik ko'rish.
Uy vazifalarini tekshirish. O'qituvchi «Fizik diktant» metodidan foydalanib, uy vazifalarini tekshirish uchun o'quvchilarga quyidagilarga javob yozish topshiriladi:
Molekulaning massasini hisoblash formulasi.
Gaz konsentratsiyasi formulasi.
H20 molar massasi.
Avogadro doimiysining qiymati.
Ideal gaz holat tenglamasi.
Klapeyron tenglamasi.
Termodinamikaning birinchi qonuni formulasi.
Bolsman doimiysining qiymati.
Ichki energiya formulasi.
Termodinamikaning ish formulasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |