Yangi mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Suyuqlik molekulalarining gaz molekulalaridan farqi nimadan iborat?
Suyuqlikning oquvchanligi qanday vujudga keladi?
Sirt taranglik hodisasi qanday hosil bo'ladi?
Sirt taranglik kuchi nima?
11- mashqning 2- masalasi ham o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi.
O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
Uy vazifalari.
Darslikdagi 14-§ ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob yozish.
11- mashqning 1- va 3- masalalarini yechish.
21- dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Laboratoriya ishi
Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini aniqlash
Darsning maqsadi.
a) Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini aniqlashni o'rgatish, laboratoriya ishini mustaqil bajara olish qobiliyatini oshirish, ish yuzasidan mustaqil xulosa chiqarish ko'nikmasini hosil qilish.
b) O’quvchilarga axloqiy tabiya berish
c) O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiriish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: malakalarni oshirish
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash
Dars jihozlari: Maxsus dinamometr, shtativ, uzunligi 5 sm atrofida bo'lgan II shaklida bukilgan sim, sovunli suv eritmasi, suyuqlik solinadigan idish.
Do'stlaringiz bilan baham: |