1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi


Download 5.24 Mb.
bet41/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: masalalar yechish
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

Dars rejasi.

              1. Tashkiliy qism - 2 minut.

              2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 15 minut.

              3. Masalalar ishlash - 20 minut.

              4. O’uvchilarni baholash

              5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, masalalar ishlashga tayyorgarlik ko'riladi.

  2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan III bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «III bob yuzasidan xulosalar»dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

  3. Masalalar ishlash .

1. Somon cho’pining bir uchida sovun pufagi hosil qilinib, ikkinchi uchi yonib turgan sham alangasiga yaqinlashtiriladi. Nima uchun bunda shamning alangasi og’adi?
2. Nima uchun issiq sho’rva betida suzib yurgan yog’ tomchilaridan ikkita tomchi qo’shni qoshiqning chetini tekkizib bir-biriga birlashtirsak, ular qo’shilib bitta kata tomchi hosil bo’ladi?
3. 26-rasmdagi sovun eritmasiga botirib olingan ramkaning AB simi uzunligi 8 sm bo’lsa, sovun pardasi bu suvga qanday kattalikdagi kuch bilan ta’sir qiladi? Simni 5 smga ko’chirish uchun qancha ish bajarish kerak? Sovun eritmasining sirt taranglik koeffitsenti 0,04 N/mga teng.
4. Suv sirtida turgan 10 sm uzunlikdagi ingichka cho’pni harakatga keltirish uchun unga gorizantal yo’nalishda eng kamida qanday kuch bilan ta’sir qilish kerak?
5. Diametri 0,1 mm bo’lgan sim sezgir tarozining palllasiga vertical ravishda osib qo’yilgan bo’lib, suvli idishga qisman botirilgan. Suv simni ho’llashi tufayli taroziga ta’sir etuvchi qo’shimcha kuch nimaga teng. Suvning sirt taranglik koeffitsenti 0,076N/m ga teng.


  1. Download 5.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling