Yadro reaktori Yadro energiyasidan sanoatda foydalanish uchun ajraladigan energiyani birdaniga (bomba sifatida) emas, balki kam miqdorda uzoq vaqt davomida olish kerak. Buning uchun bo’linayotgan yadrolar sonini birlik vaqt davomida bir xil bo’lishiga erishish kerak . Bularni amalga oshiradigan qurilmaga yadro reaktori deyiladi.
Yadro reaktorining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: yadro yoqilg’isi (23592U, 23994Pu va boshq.); neytronlarni sekinlatgich (og’ir yoki oddiy suv, grafit va boshq); ajralgan energiyani olib chiquvchi vosita ( suv, suyuq natriy; boradigan reaksiya tezligini boshqaruvchi qurilma (ishchi fazoga kiritiladigan kadmiy yoki bor tarkibli moddadan yasalgan sterjen). Reaktorning tashqi qismi γ – nurlar va neytronlarni yutuvchi qobiqdan iborat.
O’zbekistonda xavfli AESlar qurilmagan.
4. Mavzuni mustahkamlash:
Atamalarni izohlash:
Yadro kuchlari
Kuchli o’zaro ta’sir
Yadroning bog’lanish energiyasi
Yadro reaksiyalari
Zanjir reaksiyalari
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uyga vazifalar.
1) Darslikdan 36- § ni o'qish.
2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
50-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Yadro energiyasidan foydalanish. Radiatsiyaviy avariya
Darsning maqsadi.
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga yadro energetikasi, AES lar,yadro quroli, radiatsiyaviy avariya va undan himoyalanish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga iqtisodiy va ekelogik tarbiya berish va ularda tinchliksevarlik va vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning yadro energetikasi haqidagi bilimlarini oshirish va ilmiy dunyo qarashini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |