№ 69.
Darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
|
Ommaviy, guruhli, individual
|
№ 70.
Tarbiya turlari qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?
|
Aqliy, jismoniy, ahloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy
|
№ 71.
Kim pedagogika tarixida ta’lim – tarbiyaga birinchi bo’lib ta’rif bergan?
|
Forobiy
|
№ 72.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining muallifi kim?
|
AbdullaAvloniy
|
№ 73.
Ta’lim nazariyasi nimani o’rganadi?
|
Ta’lim jarayonlarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari o’z ichiga oladi
|
№ 74.
Ta’limning ko‘rgazmali metodlarini ko‘rsating.
|
Demonstratsiya, illyustartsiya
|
№ 75.
Ta’lim funktsiyalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
|
Bilim berish,tarbiyalash,rivojlantirish
|
№ 76.
Ta’limning amaliy metodlariga nimalar kirishini aniqlang.
|
Mashq qilish, laboratoriya va amaliy ishlar
|
№ 77.
Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi?
|
Korrektsion pedagogika
|
№ 78.
Ta’limning qanday turlari uchun Davlat talablari (DT) joriy etiladi?
|
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o’quv yurtidan keyingi, malaka oshirish va qayta tayyorlash
|
№ 79.
Ta’limning quyidagi metodlaridan qaysi biri ko’rsatmalilik metodining asosiy tarkibini tashkil etadi?
|
Namoyish etish, tasvirlash, ekskursiya
|
№ 80.
Ta’limning og’zaki metodlariga nimalar kirishini ko’rsating.
|
Hikoya, tushuntirish, suhbat, ma’ruza
|
№ 81.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi modallarida oila haqida fikr bayon etiltan.
|
63, 64, 65, 66 moddalar
|
№ 82.
O’zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so’ng dastlabki “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
|
1992-yil
|
№ 83.
O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi qay tarzda ta’minlanadi?
|
Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish jarayonida
|
№ 84.
O’qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi?
|
Og’zaki
|
№ 85.
O’quv dasturida nimalar ko’rsatilgan?
|
Har bir o’quv predmetining (fanining) mazmuni, o’quv yillari bo’yicha programma materiallarining (fanining) mazmuni va mavzularining tahminiy soatlari
|
№ 86.
O’quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
|
O’yin, o’qish
|
№ 87.
O’quvchilarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni pedagogika fanida qanday nomlanadi?
|
Ta’lim
|
№ 88.
O’quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ko’proq nimalarga e’tibor bermoq lozim?
|
Mehnatda mashq qildirishga
|
№ 89.
Kommunikativ qobiliyatni shakllantiruvchi asosiy yo’nalishlarni belgilang?
|
Ishontirish, ta’sir etish, taqlid qilish
|
№ 90.
O’quvchilarning o’quv tafakkurini shakllantirish nechta darajadan iborat?
|
5 daraja
|
№ 91.
O’quvchining iste’dod va qobiliyatining rivojlanishi nimalarga bog’liq?
|
Faoliyatning turlariga, aloqa va muloqotga, ta’lim-tarbiyaning pedagogik jihatdan muvofiqligiga
|
№ 92.
Hadis ilmida “Sahih” yo’nalishining asoschisi kim?
|
Imom al-Buxoriy
|
№ 93.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar nechta?
|
3ta
|
№ 94.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsating.
|
Irsiyat, muhit, tarbiya
|
№ 95.
Shaxsning rivojlanishi deganda nima tushuniladi?
|
Ijtimoiy tirik mavjudot sifatida insonning butun hayoti davomida bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlari
|
№ 96.
Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifalariga nimalar kiradi?
|
Tevarak atrofdagi tabiiy muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishga o’rgatish, tabiatga, insonga, hayvonlarga muhabbatni tarbiyalash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy tushunchalarni bilish
|
№ 97.
Estetik tarbiyaning asosiy vazifalarini ko’rsating:
|
Estetik ehtiyojlarni tarbiyalash, idrokni va his-tuyg’uni, estetik tushuncha, did, baholash va fikrlash, badiiy va musiqiy qobilyatlarni rivojlantirish
|
№ 98.
Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari nechanchi yilda yozilgan?
|
1632-yil
|
№ 99.
Yangi usul maktablari uchun birinchi bo’lib “Ustodi avval” alifbosini kim yaratgan?
|
Said Rasul Said Azizov
|
№ 100.
Pedagogik vaziyatning faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu:
|
Pedagogik mahoratdir
|
№ 101.
“Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
|
Diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.
|
№ 102.
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Yuqoridagi fikrlar kimning fikrlari?
|
Abdulla Avloniy
|
№ 103.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida qachon qabul qilingan?
|
1997 yil 29 avgust
|
№ 104.
“Ustoz shogirdlariga katta zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim”. Ushbu fikr qaysi allomaga tegishli?
|
Abu Nasr Forobiy
|
№ 105.
«Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi» degan fikrlar muallifi kim?
|
Beruniy
|
№ 106.
Nutq texnikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar turkumiga quyidagilar kiradi:
|
Nafas olish, ovoz o‘zgarishi, ravon nutq
|
№ 107.
Alisher Navoiyning qaysi asarida ustoz-murabbiy haqida noyob fikrlar bayon etilgan?
|
“Mahbub ul-qulub”
|
№ 108.
Antik davr mutafakkirlaridan kimlar pedagogning kasb mahorati va notiqlik san'ati haqida fikr bildirgan?
|
Sokrat, Platon, Demosfen.
|
№ 109.
Bilim deganda nima tushuniladi?
|
Tasavvurlar, tushunchalar va ma’lumotlar
|
№ 110.
Boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik bildirish qobiliyatning qaysi turiga kiradi?
|
Empatik
|
№ 111.
O‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullarsh nima deb ataladi?
|
Ta’lim metodlari
|
№ 112.
Dastlab texnologiya tushunchasi fanga nechanchi yilda kirib kelgan ?
|
1900 yilda
|
№ 113.
Yosh o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida qanday psixologik to‘siqqa duch keladi?
|
Ijtimoiy, sinfdan qo‘rqish, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida oraliqning hosil bo‘lishi
|
№ 114.
Jismoniy tarbiyani rivojlantirish haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olim ?
|
Ibn Sino
|
№ 115.
U yo‘q joyda mehnat unumi ham past bo‘ladi, asablar tez charchaydi, sog‘likka putur etadi bu...?
|
O‘qituvchining kun tartibi
|
№ 116.
O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini, qosh, ko‘z va yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’ati... bu?
|
O‘qituvchining mimikasi
|
№ 117.
... ta’lim – jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lisoniy va boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, har bir insonga umumta’lim muassaslarida o'qish imkoniyatini beradigan ta'lim shakli. To‘g‘risini toping.
|
Inklyuziv
|
№ 118.
Komenskiy grammatik, fizik, matematik, etik, dialektik, ritorik degan olti xil nom bilan nimani atadi?
|
Lotin maktabining sinflarini
|
№ 119.
Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositani belgilang?
|
O’quvchining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari
|
№ 120.
Do'stlaringiz bilan baham: |