1. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi (1)da, so‘ngra (2)da boshlangan edi


Download 48.54 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2023
Hajmi48.54 Kb.
#1080268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-sinf kashfiyotlar


Kirish.
1.Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi ……. (1)da, so‘ngra …..……….(2)da boshlangan edi.
A)1)Rimda, 2) Yunonistondagi Krit oroli
B)1)O’rta Osiyoda, 2) G‘arbiy Rim
C)1)Dajla va Frot oralig‘idagi Bobil, 2) Erondagi Persepol
D)1)Sharqda, 2) Yunonistondagi Krit oroli
2.Qadimgi bitiklarni o’rganuvchi fan qanday ataladi?
A) Antropologiya B) Numizmatika
C) Xronologiya D) Epigrafika
3.Numizmatika qanday fan?
A) qadimgi tillarni o’rganuvchi fan.
B) qadimiy bitiklarni tadqiq qiluvchi fan
C) tangalarni tadqiq qiluvchi fan
D) qadimgi odam suyaklarini tadqiq qiluvchi fan.
4.Eng qadimgi shaharlar,yozuv, davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar qanday ataydilar?
A) Qadimgi dunyo tarixi B) Ilk podsholik davri
C) Rivojlangan o’rta asrlar D) ilk sivilizatsiya
5.Qadimi dunyo tarixi qaysi davrni o’z ichiga oladi?
A) Yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilgacha bo’lgan vaqtni
B) Odam paydo bo’lgandan to Iso tug’ilgan vaqtgacha bo’lgan davrni
C) Ilk podsholik davridan to milodiy 476-yilgacha bo’lgan davrni
D) Yer shari paydo bo’lgandan to milodiy 476-yilgacha bo’lgan davrni
6. «Piramidalar matnlari», «Marhumlar kitobi» matnlarida qaysi xalq tarixi haqida yozilgan?
A) yahudiylar B) O’rta Osiyo xalqi
C) misr xalqi D) hind xalqi
7. «Rigveda» matnlarida qaysi xalq tarixi haqida yozilgan?
A) yahudiylar B) xitoyliklar
C) misrliklar D) hindlar
8. «Avesto» matnlarida qaysi xalq tarixi haqida yozilgan?
A) baqtriyaliklar B) xorazmliklar
C) O’rta Osiyo xalqi D) yahudiylar
9. Quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud?
1) Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar ilk sivilizatsiya deb ataydilar.
2) «Piramidalar matnlari» misrliklar tarixidan hikoya qiladi
3) «Marhumlar kitobi» yahudiylar tarixidan hikoya qiladi
4) «Rigveda» –misrliklar tarixidan hikoya qiladi
5) «Avesto» O‘rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi
A) 1,4 B) 1,3 C) 3,4 D) 4
10.Qaysi jarayormi olimlar sivilizatsiya deb atashadi?
A) Insoniyatning paydo bo’lishini.
B) Dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishini.
C) Eng qadimgi shahar va davlatlarning tashkil topishini.
D) Uy-joylarning kashf qilinishini.
11.Qadimgi dunyo tarixining boshlanish bosqichi-bu ...
A) Dunyoning paydo bo‘ lishi.
B) Yer yuzida odam paydo bo‘lishi
С) Ilk sivilizatsiyalarning paydo bo‘ lishi.
D) Rim imperiyasining vujudga kelishi.
12.Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqeagacha davom etgan?
A) G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi.
B) Buyuk ko‘chishlarningboshlanishi.
C) Antik davrning yakunlanishi.
D) Franklar imperiyasining tashkil topishi.
13. Donishmandlar nimani «buyuk o‘qituvchi» deb atashadi?
A) Yodgorliklarni. B) Tarixni.
C) Hayotni. D) Kitobni.

Download 48.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling