1. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi (1)da, so‘ngra (2)da boshlangan edi
Download 48.54 Kb.
|
6-sinf kashfiyotlar
4-§. Eneolit va bronza davri
1.Qaysi davrda insonlar birinchi metall-misdan foydalanishga o’tganlar? A) neolit davri boshida B) neolit davri oxirida C) bronza davri boshlarida D) eneolit davri boshlarida 2.Eneolit davri qaysi mingyillikga to’g’ri keladi? A) mil.avv.3-2 mingyilliklar B) mil.avv.6-4 mingyilliklar C) mil.avv.12-7 mingyilliklar D) mil.avv.4-3 mingyilliklar 3.Qadimgi Sharqda qachon ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan? A) mil.avv.3-mingyillikda B) mil.avv.2-mingyillikda C) mil.avv.4-mingyillikda D) mil.avv.12-mingyillikda 4.O’rta Osiyoning qaysi qadimgi manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan? A) Zamonbobo. B) Sarazm. C) Sopollitepa. D) Jarqo‘ton. 5.Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli? A) Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor. B) Mamont suyaklaridan qurilgan uyjoy qoldiqlari. C) Arxar shoxi bilan o‘ralgan bola qabri. D) Zarautsoy darasidagi qoya rasmlari. 6.Xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlan davriga kelib, insonlar nima maqsadda kulolchilik xumdonlaridan foydalana boshladilar? A) Idishlami pishirish uchun. B) Loyni bir necha kun asrash. C) Uy ro‘zg‘or buyumlarini hasharotlardan himoya qilish. D) Loy qorish. 7.Jarqo‘ton qurilishi tarixida... A) Shahaming ilk alomatlari ko‘zga tashlanadi. B) Uch qismli rejaviy tuzilishi kuzatiladi. C) Yirik davlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi. D) Ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko‘zga tashlanadi. 8. O’rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik qaysi davrda vujudga keldi? A) paleolit B) neolit C) bronza D) eneolit 9.Qachon O’rta Osiyoda xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlangan? A) paleolit B) eneolit C) neolit D) bronza 10.O’rta Osiyoda qachon kulolchilik humdonlaridan foydalanishga o’tilgan? A) eneolit B) paleolit C) neolit D) bronza 11.O’rta Osiyoda qachondan Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlandi? A) paleolit B) eneolit C) neolit D) bronza 12.Bronza qachondan boshlab mehnat–qurollari va zeb-ziynat tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylangan? A) mil.avv.3-mingyillik o’rtalarida B) mil.avv.2-mingyillikda o’rtalarida C) mil.avv.3-mingyillik boshlarida D) mil.avv.6-mingyillik o’rtalarida 13.Patriarxal oila - bu... A) sardor tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila B) ota tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila C) urug’ oqsoqoli tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila D) ona tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila 14.Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi mingyillikka oidligini aniqlang. A) mil.avv.4-mingyillik B) mil.avv.2-mingyillik C) mil.avv.1-mingyillik D) mil.avv.3-mingyillik 15.Bronza davriga oid Zamonbobo manzilgohi qayerdan topilgan? A) Buxoro viloyati Qorako’l tumani B) Farg’ona viloyati Selung’ur manzili C) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan D) Toshkent viloyati Ohangaron vodiysi 16.Qadimiy manzilgohlardan biri Zamonbobo qaysi mingyillikka oidligini aniqlang. A) Mil.avv. 4-ming yillik oxirlari – 3 ming yillik B) Mil.avv. 3-ming yillik oxirlari – 2 ming yillik C) Mil.avv. 1-ming yillik oxirlari D) Mil.avv. 5-ming yillik oxirlari – 4 ming yillik 17.Qadimgi ziroatchilar manzilgohi Sopollitepa qayerdan topilgan? A) Surxondaryo viloyati Sherobod tumani B) Farg’ona viloyati Selung’ur manzili C) Buxoro viloyati Qorako’l tumani D) Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani 18.Qaysi manzilgohdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan? A) Jarqo’ton manzilidan B) Selung’ur manzilidan C) Zamonbobo manzilidan D) Sopollitepa manzilidan 19.Jarqo’ton manzilgohi qayerda vujudga kelgan? A) Xorazm viloyati B) Surxondaryo viloyati Sherobod tumani C) Toshkent viloyati Ohangaron vodiysi D) Buxoro viloyati Qorako’l tumani 20.Qaysi manzilgoh ikki qismdan: qal’a va uning atrofi da jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan A) Obishir B) Sopollitepa C) Jarqo’ton D) Zamonbobo 21.Odamlar qaysi davrda kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etganlar? A) eneolit B) temir C) bronza D) neolit 22. Dastlabki aravalar qaysi davrda vujudga kelgan? A) eneolit B) temir C) neolit D) bronza 23.Bronza davridagi muhim kashfiyot va va ixtirolari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? 1) ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi 2) kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etildi. 3) loydan yasalgan va olovda pishirilgan idishlarni yasash sohasi – kulolchilik 4) o‘q-yoy kashf etilishi 5) tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog‘i – to‘quvchilik 6) tarixida ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi 7) sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi 8) sopol idishlar yasashning kashf etilishi 9) dastlabki aravalar vujudga keldi. 10) har xil hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlarini yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan A) 1,2,6,9,10 B) 1,2,3,6,9,10 C) 2,6,9,10 D) 2,4,6,7,8,9,10 Download 48.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling