1. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi (1)da, so‘ngra (2)da boshlangan edi


Download 48.54 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2023
Hajmi48.54 Kb.
#1080268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-sinf kashfiyotlar

I-BO‘LIM. Eng qadimgi tuzum
1-§. Qadimgi tarix – taraqqiyotning boshlanishi
14. Ibtidoiy jamoa tuzumi – qanday davr?
1) insoniyat tarixining boshlang‘ich davri 2) barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan 3) hamma birgalikda mehnat qilgan 4) turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi
odamlar jamoasi 5) qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasi
A)1,2,3,5 B)1,2,3,4 C)2,3,4,5 D)1,2,3,4,5
15. Etnograflar nimani o’rganadilar?
A) Qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlab qolgan xo‘jalik va madaniy an’analarini
B) Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydi va rivojlanishini o‘rganadi
C) qadimgi tillarni o’rganadilar.
D) Mehnat qurollari, spool idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalarni
16.Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydigan va rivojlanishini o‘rganadigan olimlar qanday ataladi?
A) anropologlar B) lingvistlar
C) etnograflar D) arxeologlar
17.Qadim o’tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiruvchi olimlar qanday ataladi?
A) etnograflar B) lingvistlar
C) arxeologlar D) antropologlar
18.O’rta Osiyo tarixi bo’yicha eng qadimgi manba qaysi manba hisoblanadi?
A) Gerodotning «Tarix» kitobi
B) Behistun qoyatosh yozuvlari
C) Strabonning «Geografiya» asari
D) zardushtiylikning «Avesto» kitobi
19. «Avesto»da yurtimizdagi qaysi tarixiy viloyatlarning aholisi madaniyati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan?
A) Baqtriya, So’g’diyona
B) Xorazm
C) Baqtriya,So’g’diyona,Xorazm
D) Davan, Xorazm
20. Behistun qoyalari qayerda joylashgan?
A) Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida
B) Buxoro viloyati Qorako’l tumanida
C) Yunonistonning Afina shahrida
D) Surxondaryo viloyati Sherobod yaqinida
21. Behistun yozuvlari kimning buyrug’i bilan yozilgan?
A) Arrianning B) Aleksandr Makedonskiy
C) Doro I ning D) Kir II ning
22. …..(1) kitobdan iborat «Tarix» asarini……..(2) yozgan?
A) 1)Sakkiz, 2) Sim Szyang B) 1)Yetti, 2) Gerodot
C) 1)Besh, 2) Arrian D) 1)To’qqiz, 2) Gerodot
23.Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot qachon yashagan?
A) mil.avv.V asrda B) mil.avv.II asrda
C) milodiy I asrda D) mil.avv.IV asrda
24.Yunon tarixchisi va geografi Strabon qachon yashagan va qaysi asarni yozgan?
A) mil.avv.V asr, «Tarix»
B) mil.avv.I asr oxiri, «Geografiya»
C) mil.avv.II asr oxiri, «Tarixiy yilnomalar»
D) mil.avv.II asr «Aleksandrning harbiy yurishlari»
25.Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf qachon yashagan va qaysi asarni yozgan?
A) milodiy I asr, «Aleksandrning harbiy yurishlari»
B) milodiy II asr, «Aleksandrning harbiy yurishlari»
C) milodiy I asr, «Makedoniyalik Aleksandr tarixi»
D) milodiy II asr, «Buyuk Aleksandr tarixi»
26. «Aleksandrning harbiy yurishlari» nomli asar muallifi kim va qachon yashagan?
A) Gerodot, mil.avv.V asr B) Arrian, milodiy II asr
C) Strabon, mil.avv.I asr D) Kvint Kursiy Ruf I asr
27. Ibtidoiy to’da – bu...
A) ilk davlatlarga o'tish davridagi insonlar jamoasi
B) insoniyat rivojidagi birinchi bosqich
C) turmush va mehnat umumiyligida birlashgan qarindoshlar jamoasi
D) turmush va mehnat umumiyligida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi
28.Insoniyat tarixida urug’ jamoalari ona tevaragida jipslashgan davr qanday ataladi?
A) Matriarxat B) Ibtidoiy to’da
C) Urug’ jamoasi D) Patriarxat
29.Matriarxat – davri haqida noto’g’ri tarifni aniqlang?
A) eng qadimgi tuzum rivojidagi birinchi bosqich
B) urug’ va oila boshlig’i erkak kishi bo’lgan davr
C) qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan davr
D) urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan davr
30.Patriarxat – davri haqida noto’g’ri tarifni aniqlang.
A) erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqeyga ega bo’lgan davr
B) erkak kishi urug’ga sardor bo’lgan davr.
C) qarindoshlik munosabatlari ota tomonga qarab belgilangan davr
D) erkak kishi va ayollar jamiyat hayotida yetakchi mavqeyga ega bo’lgan davr
31. Eng qadimgi urug’chilik tuzumi qachon nihoyasiga yetgan?
A) mezolit davrida B) paleolit davrida
C) matriarxat davri tamom bo’lishi bilan
D) patriarxat davri tamom bo’lishi bilan
32.Arxeologlar nima uchun insoniyat tarixining boshlanishini «tosh davri» deb atashadi?
A) dastlabki mehnat qurollari asosan toshdan yasalgani uchun
B) dastlabki qabilalar tog’larda yashagani uchun
C) toshdan mehnat qurollari ko’proq topilgani uchun
D) dastlabki turar joylar toshdan yasalgani uchun
33.Paleolit atamasining ma’nosi nima?
A) yangi tosh davri B) mis-tosh davri
C) qadimgi tosh davri D) o’rta tosh davri
34.Mezolit atamasining ma’nosi nima?
A) o’rta tosh davri B) yangi tosh davri
C) qadimgi tosh davri D) mis-tosh davri
35.Yangi tosh davri qanday ataladi?
A) paleolit B) neolit C) eneolit D) mezolit
36.Eneolit atamasining ma’nosi nima?
A) mis-tosh davri B) qadimgi tosh davri
C) yangi tosh davri D) o’rta tosh davri
37.Ilk paleolit davri qaysi ming yilliklarni o’z ichiga oladi?
A) mil.avv.1 mln– 100 ming yilliklar
B) mil.avv.40-12 ming yilliklar
C) mil.avv.3-2 mln.yilliklar
D) mil.avv.100-40 ming yilliklar
38.O’rta paleolit davri qaysi mingyilliklar bilan belgilanadi?
A) mil.avv.1 mln.– 100 ming yilliklar
B) mil.avv.40-12 ming yilliklar
C) mil.avv.3-2 mln.yilliklar
D) mil.avv.100-40 ming yilliklar
39. So’ngi paleolit davri qaysi mingyilliklar bilan belgilangan?
A) mil.avv.3-2 mln.yilliklar
B) mil.avv.1 mln.– 100 ming yilliklar
C) mil.avv.40-12 ming yilliklar
D) mil.avv.100-40 ming yilliklar
40.Quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud?
1) Milodiy II asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli asarni yozdi
2) Milodiy I asrda yunon tarixchisi Arrian ham «Aleksandrning harbiy yurishlari» («Aleksandr anabasisi») deb nomlangan asar yozgan
3) Urug’ bu – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar
jamoasi.
4) Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – matriarxat deb ataladi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 2,3
41. Quyidagi qaysi javobda o‘lkamizning eng qadimgi tarixini o‘rganishga oid manbalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) «Avesto». 2) Mehnat qurollari. 3) Ilk yozma matnlar. 4) Qurol-aslahalar. 5) Behistun bitiklari. 6) Zeb-ziynat buyumlari.
7) Sopol idishlar. 8) Yunon-rim tarixchilarining asarlari.
A) 2, 4, 6, 7. B) 1,5, 7, 8.
C) 2, 3,4, 5. D) 1,2,3,4,5,6,7,8
42.Qaysi omil tufayli olimlar uchun qadim ming yilliklar tarixini tiklash osonlashdi?
A) Ularga keng texnik sharoitlar yaratilishi bilan.
B) Yozma manbalarning topilishi bilan.
C) Arxeologiya fanining rivojlanishi bilan.
D) Qadimgi lotin tilini o‘zlashtirish tufayli.
43. Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarni aniqlang.
A) Sim Siyan, Strabon. B) Arrian, Poliyen.
C) Kvint Kursiy Ruf, Arrian. D) Gerodot, Tatsit
44. Urug‘ jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o’ta boshladi?
A) Iqlimning o‘zgarishi va tezyurar hayvonlarning paydo bo‘lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi.
B) Mehnat qurollari va xo'jalik yuritish shakllarining takomillashuvi.
C) Qarindoshchilikning ota tomoniga o‘tishi.
D) Tosh qurollaming iste’moldan chiqa boshlashi.

Download 48.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling