1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari


E. Budjet defitsitini moliyalashtirishning qarz majburiyatlari turi bo‘yicha tasnifi


Download 79.05 Kb.
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1607848
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2

E. Budjet defitsitini moliyalashtirishning qarz majburiyatlari turi bo‘yicha tasnifi
Bu tasnif ba’zan budjet defitsitini moliyalashtirish instrumentlari tasnifi deb ham ataladi. Bu tasnif bo‘yicha statistika ma’lumotlari davlat idoralari davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishda qaysi usullar, instrumentlardan foydalangani hamda sarflardan ortgan moliya resurslari (profitsit) qaysi yo‘nalishlarda ishlatilganligini tahlil qilish imkonini beradi. Bu tasnifda kreditorlar (qarz egalari) to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa-da, turli usuldagi jalb qilish yoki qoplashlarning iqtisodiy oqibatlari yoki iqtisodiy muammosi (fe’l-atvori) ni ehtimollash mumkin. Bu tasnifda rezidentlar va norezidentlar chegaralanadi, turli vaziyatlar: uzoq muddatli obligatsiyalar (1 yildan ortiq), qisqa muddatli obligatsiyalar va veksellar (1 yilgacha), boshqa kategoriyalarga kiritilmagan uzoq muddatli ssudalar, boshqa kategoriyalarga kiritilmagan qisqa muddatli ssudalar va bo‘naklar, boshqa majburiyatlar; likvidlikni boshqarish maqsadlari uchun naqd pul mablag‘lari, depozitlar va qimmatli qog‘ozlar hajmidagi o‘zgarishlar alohida ajratiladi. Tasnifning quyidagi chizmasi keltiriladi. I. Jami moliyalashtirish (xuddi D.I).
II. Ichki moliyalashtirish (xuddi D.II):
1. Uzoq muddatli obligatsiyalar.
1.1. Chiqarildi.
1.2. Qoplandi.
2.Qisqa muddatli obligatsiyalar va veksellar.

  1. Boshqa kategoriyaga kiritilmagan uzoq muddatli ssudalar.

    1. Olindi.

    2. Qoplandi.

  2. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan qisqa muddatli ssudalar va bo‘naklar.

  3. Boshqa majburiyatlar.

  4. Likvidlikni boshqarishga mo‘ljallangan naqd pulmablag‘lari, depozitlar va qimmatli qog‘ozlar hajmidagi o‘zgarishlar.

III. Tashqi moliyalashtirish (huddi D. III):
7.Uzoq muddatli obligatsiyalar:
7.1.Chiqarildi.

  1. 2.Qoplandi.

  2. Qisqa muddatli obligatsiyalar va veksellar.

  3. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan uzoq muddatli ssudalar va bo‘naklar.

  4. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan qisqa muddatli ssudalar va bo‘naklar.

  5. Boshqa majburiyatlar.

12.Likvidlikni boshqarishga mo‘ljallangan naqd pul mablag‘lari depozitlar va qimmatli qog‘ozlar hajmidagi o‘zgarishlar.
Tasnifdagi 1.2, 3.2 va 7.2 qatorlaridagi «Qoplandi» deyilganda uzoq muddatli obligatsiyalar (ichki va tashqi), turli ssudalar (ichki va tashqi) ni davlat idoralari tomonidan asosiy summasining (ya’ni foiz to‘lovlarisiz) qoplanishi tushuniladi. Chunki foiz to‘lovlari davlat budjetining sarflarida alohida modda holida ko‘rsatiladi (xarajatlarning iqtisodiy tasnifiga qarang). XVFning keyingi ishlanmalarida bu tasnifga (E) biroz o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish borasida maslahat tariqasida fikrlar bildirilmoqda. Chunonchi, «E» tasnifining nomi, tarkibi bo‘yicha. Jumladan, jami moliyalashtirish alohida-alohida holida: siyosat maqsadlariga moliya aktivlarini sof jalb qilish (E.A.I), likvidlikni boshqarishga moliya aktivlarini sof jalb qilish (E.A.2) ni ko‘rsatish. Bundan tashqari, shu tasnifda maxsus «EL» bo‘limi «Sof olingan majburiyatlar» kiritilishini taklif qilinmoqda. XVF davlat moliyasi statistikasini MHT-93 bilan uyg‘unlashtirish maqsadida yangi «Sektorlar bo‘yicha moliyalashtirish» tasnifini tavsiya qilmoqchi. Unda jami moliyalashtirish tarkibida:

  1. Siyosat uchun moliyaviy aktivlarni sof jalb qilish (sektorlarbo‘yicha).

  2. Likvidlikni boshqarish uchun moliyaviy aktivlarni jalb qilish(sektorlar bo‘yicha).

  3. Sof olingan majburiyatlar, bo‘limlarini bo‘lishi taklif qilinmoqda.

Makroiqtisodiyot va moliya fanlarida davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish texnikasi sifatida pulli va qarzli moliyalashtirish usullari ko‘rsatiladi. Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishning birinchi usulidan muntazam foydalanish har doim va hamma yerda inflatsiyaga olib keladi. Buni o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar misolida ko‘rish mumkin. Masalan, Rossiyada 1995-yilgacha davlat budjeti defitsitini asosan naqd pul chop etadigan stanokdan foydalanish (pul emissiyasi) orqali moliyalashtirish natijasida inflatsiya darajasi faqat 1993yilda 874,6 % ni tashkil etdi. (GFS,2000,p 653). Bunday holni boshqa davlatlarda ham ko‘rish mumkin. Ikkinchi usulda davlat ichki va tashqi qarzini ko‘paytirish evaziga defitsit moliyalashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida davlat budjetining defitsiti:

  • davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag‘larni jalb qilish;

  • Respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlarini;

  • qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi, deb belgilangan.

Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling