1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari
Xalqaro budjet tasniflari
Download 79.05 Kb.
|
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2
3. Xalqaro budjet tasniflariStatistika tadqiqotlarida keng qo‘llanadigan usullardan biri guruhlashdir. Guruhlashda o‘rganilayotgan statistika to‘plamidagi ko‘p sonli birliklar muhim belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Tasniflash esa guruhlashdan farq qiladi. Bunda to‘plamdagi birliklar sifat belgisi asosida oldindan belgilangan (ko‘p hollarda qonunda tasdiqlangan) guruh, toifa, razryad (turkum) ga guruhlanadi. Toifalar soni va nomi standart hamda barqaror bo‘ladi. Statistikada tasniflash iyerarxiya (quyi guruhning yuqori guruhga bosqichma-bosqich bo‘ysundirilishi) va fasset (ro‘yxatli) usulda amalga oshiriladi. Fasset usulida axborot obyekti parallel, bir-biriga bo‘ysundirilmagan fassetlar yordamida tasnifli guruhlarga ajratiladi. Masalan, aholi to‘g‘risidagi axborot klassifikatorida quyidagi fassetlar qo‘llaniladi: jinsi, yoshi, fuqaroligi, millati, tili va boshqa belgilari. Budjet tasnifi – iyerarxik tasniflash, asosiy huquqiy va uslubiy hujjat bo‘lib, davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijrosini nazorat qilish maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirilgan holda guruhlashdir. U milliy budjet ma’lumotlarini xalqaro standart tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi. XVF bir necha yil oldin moliyaviy ma’lumotlarni tarqatish hamda xalqaro tashkilotlarga taqdim qilishning prinsiplari va qoidalari ko‘rsatilgan xalqaro standartni qabul qilgan edi. Jahonning barcha davlatlariga mo‘ljallangan boshqa maxsus standartda jahon kapital bozoriga kirgan yoki kirish istagi bo‘lgan davlatlar moliyaviy va iqtisodiy ma’lumotlarni e’lon qilishda bir necha prinsiplarga rioya qilishi zarurligi ham ko‘rsatilgan .Bunda moliya-budjet ma’lumotlarining asosiy o‘lchamlari: ko‘lami, davriyligi va vaqti, jamoatchilik uchun tushunarli, ishonchli va sifatli bo‘lishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining jahon bozorlariga (ayniqsa, kapital bozoriga) kirishi, uning imkoniyatlaridan foydalanish va samarali tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish moliya-budjet sohasida ham xalqaro tasniflardagi prinsip va qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi. XVF tomonidan tavsiya qilingan davlat budjetining tasniflari tizimiga quyidagilar kiradi (markaziy hukumat uchun): daromadlar va grantlar tasnifi; xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi; xarajatlar va sof kreditlashning iqtisodiy tasnifi; budjet defitsitini moliyalashtirishning kreditorlar turi bo‘yichatasnifi; budjet defitsitini moliyalashtirishning qarz majburiyatlarituri bo‘yicha tasnifi; davlat kreditining kreditorlar (qarz egalari) turi bo‘yichatasnifi. Markaziy hukumat (federal, respublika) budjeti tasniflaridan tashqari XVF shtat, mintaqa yoki viloyat va mahalliy hukumat budjetining tasniflari (A, B, C, D, E, F turlari) ni ham tavsiya etgan. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida 5 ta tasnif keltirilgan: Budjet daromadlari tasnifi; Budjet xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi; Davlat budjeti taqchilligini moliyalash manbalari tasnifi (Rossiyada 8 ta tasnif bor). Ko‘rinib turibdiki, XVFning davlat budjeti tasniflar tizimidan soni va turlari bo‘yicha biroz farqlanadi. Bundan tashqari, mahalliy budjetlar uchun alohida tasniflar tizimi ko‘rsatilmagan XVF tasnifi tizimida davlat budjeti (hamda mahalliy budjetlar) xarajatlarining tashkiliy tasnifi yo‘q, chunki barcha davlatlar bo‘yicha bunday tasnifni tavsiya qilish mumkin emas. XVFning amaldagi tasniflarini yanada batafsilroq ko‘rishga o‘tamiz. Download 79.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling