1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari


D. Budjet defitsitini moliyalashtirishning kreditorlar turi bo‘yicha tasnifi


Download 79.05 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1607848
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2

D. Budjet defitsitini moliyalashtirishning kreditorlar turi bo‘yicha tasnifi
Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish, uni mablag‘ bilan ta’minlash (qoplash) uchun hukumat tomonidan qarz mablag‘larini jalb etishdir. Moliyalashtirish davlat boshqaruvi sektori birliklarining barcha qaytariladigan operatsiyalari sifatida qaraladi. Bu tasnif qarz egalari – kreditor (boshqacha aytganda, qarz majburiyatlarining egalari) ning iqtisodiy muomalasi o‘xshashligiga qarab guruhlash asosida ishlangan. Oldin qayd qilingandek, moliyalashtirish hajmi davlat budjetining defitsiti (profitsiti) ning teskari ishorali hajmiga teng. Masalan, 1999-yilda AQSHda profitsit +158,3 mlrd. dollar, moliyalashtirish –158,3 mlrd. dollar. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Budjet defitsitini moliyalashtirish tasnifi quyidagicha (kreditorlar turi bo‘yicha):

  1. Jami moliyalashtirish (II+III).

  2. Ichki moliyalashtirish:

  1. Davlat boshqaruvi sektorining boshqa qismlari tomonidan.

  2. Pul-kreditni tartibga solish idoralari tomonidan.

  3. Depozitli banklar tomonidan.

  4. Boshqa ichki moliyalashtirish.

  5. Korrektirovka (tuzatishlar kiritilishi). III. Tashqi moliyalashtirish:

  6. Xalqaro iqtisodiy rivojlanish tashkilotlaridan.

  7. Xorij boshqaruvi muassasalaridan.

  8. Boshqa chetdan jalb qilishlar.

Likvidlikni boshqarish uchun ko‘zda tutilgan naqd pul mablag‘lari, depozitlar va qimmatli qog‘ozlar hajmining o‘zgarishi.
Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish davlat boshqaruvi idoralarining majburiyatlar hajmini o‘zgartiradi (mablag‘ jalb qilish minus qoplanishi) va davlat boshqaruvi idoralaridagi likvid moliya mablag‘lari qoldig‘ini o‘zgartiradi.
Xalqaro standartlarda mablag‘ jalb qilinishi minus qoplanishi (sof kreditlash) davlat budjetining daromadi sifatida qaralmaydi, u defitsitni moliyalashtirish manbasi tariqasida qaraladi.
Defitsit = Mablag‘ jalb – Qoplanishi + Likvid qilinishi moliya mablag‘lari qoldig‘ining
kamayishi
Bu o‘rinda Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi, natijada davlatning ichki va tashqi krediti hajmini oshiradi. Ichki manbalar: davlat boshqaruvi sektoriga qarashli boshqa qismlari, milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari (nomoliyaviy korporatsiyalar, moliyaviy korporatsiyalar, uy xo‘jaligi) mablag‘larining jalb qilinishidir. Tashqi manbalar: xalqaro tashkilotlar (W. Bank, IMF va boshqalar), xorijiy davlatlar, banklar va xususiy shaxslar mablag‘larining jalb qilinishidir. Davlat budjeti profitsitida likvid moliya mablag‘lari zaxirasi ko‘payadi, davlat kreditining hajmi kamayadi.
Xalqaro valuta fondining davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishning boshqa tasnifida qarz (jalb qilish) majburiyatlari turlari ko‘rsatiladi.

Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling