1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
-rasm 3-rasm. O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati tahlili
Download 0.87 Mb.
|
1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm 4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi* (mlrd. dollar)
3-rasm
3-rasm. O`zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati tahlili. Xususan, 2020-yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, 2021-yil 1-yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizga yetdi. Shundan: O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 15,1 mlrd. dollar; davlat kafolatlagan tashqi qarz – 6,0 mlrd. dollar. Davlat ichki qarzi 23,3 trln. so‘mni (2,2 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi. Shundan: davlat qimmatli qog‘ozlari – 4,0 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar); davlat kafolatlagan ichki qarz – 19,3 trln. so‘m (1,8 mlrd. dollar). 4-rasm 4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi* (mlrd. dollar) Davlat qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlar xalqaro moliya tashkilotlari va tijorat banklari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib boriladi. Davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan – 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan – 36,5 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda. «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan. Ma’lumki, ushbu qonuniga muvofiq 2020 yil davomida davlat tashqi qarzini jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd. dollar miqdorida belgilangan2 O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 2020-yilning 10 oyida 18 foizga o‘sdi Hisobotga ko‘ra, 2020-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20,8 milliard dollar ekvivalentini yoki YaIMga nisbatan 36,8 foizni tashkil etgan. Shu jumladan, davlatning tashqi qarzi 2,8 milliard dollarga yoki 2020-yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, 1-oktabr holatiga 18,5 milliard dollarga yoki YaIMga nisbatan 32,8 foizga yetdi. Shundan: hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz — 12,7 milliard dollar; hukumat kafolatlagan tashqi qarz — 5,8 milliard dollar. Davlat ichki qarzi esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 23,6 trillion so‘mni (2,3 milliard dollar) yoki YaIMga nisbatan 4 foizni tashkil etdi. Shundan: Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz — 4,7 trillion so‘m (0,4 milliard dollar); Hukumat kafolatlagan ichki qarz — 18,9 trillion so‘m (1,9 milliard dollar). “Davlat qarzining so‘nggi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekistonning davlat qarzi (YaIMga nisbatan 36,8 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan 32,8 foiz) mo‘tadil darajada saqlanib qolmoqda”, deyiladi vazirlik hisobotida. Eslatib o‘tamiz, S&P Global Ratings xalqaro kredit reyting agentligi O‘zbekistonning uzoq va qisqa muddatli suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi “BB-” darajasida saqlanib qolingan, biroq kelgusi davr uchun “salbiy” prognoz berilgan. Ushbu prognoz hukumatning tashqi qarzi tez sur’atlarda o‘sishda davom etishi mumkinligini aks ettiradi. Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “2021-yilgi fuqarolar uchun budjet” loyihasida O‘zbekistonning jami davlat qarzi 2021-yil yakunida 28,4 milliard dollarga (YaIMga nisbatan 44,9 foiz) yetishi prognoz qilinmoqda. Moliya vazirligi esa buni xavfsiz darajada deb hisoblamoqda.3 Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling