1. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy tizimdagi o’rni va ahamiyati


Download 33.2 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi33.2 Kb.
#1801379
1   2   3
Bog'liq
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va huquq hodisalarini o

Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilanaloqasi ham ikki tomonlamadir. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy, tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga kelishi sabablarini, taraqqiyot bosqichlarini, davlat va huquqning mohiyatini, mazmuni va shakllarini ochib beradi. Shu ma’noda davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, balki to‘ldiradi. Bu hol esa davlat va huquq nazariyasi o‘zining predmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan yana ham keng qamrovli xulosalar chiqarish mumkin. O‘zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari kuchayib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’limning rivojlanib borishi bilan davlat va huquq nazariyasi hamda barcha ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik kuchayib boraveradi. Yuridik fanlar – ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir.
Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham o‘zaro aloqada. Chunki sotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a’zolarining, xususan, turli xil jamoalarning, aholi turli qatlamlarining davlatga, huquqqa nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini, ularning davlat va huquq to‘g‘risidagi fikrmulohazalarini real hayotni tahlil etish asosida o‘rganadi. Shunga ko‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi fani uchun dastlabki amaliy ma’lumotlarni to‘plab berish vazifasini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, o‘z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma’lumotlarni umumlashtirib, ulardan nazariy xulosalar chiqarishda foydalanadi. Sotsiologiya yagona tizim bo‘lmish jamiyat hamda u bilan aloqadorlikda o‘pganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy jarayonlar haqidagi fandir. Sotsiologiya o‘zining xulosalarida aniq hayotiy ma’lumotlarga, ijtimoiy tajribaga tayanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat va huquq ham sotsiologik tadqiqotlarning obyektiga aylanadi. Sotsiologiya ham falsafa singari, davlat va huquqni bilishning umumiy vositasi hisoblanadi. U davlat va huquqni o‘rganish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtiradi.
Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi. Davlat va huquq nazariyasi fani falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha, o‘zaro to‘ldiradi. Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrofmuhitga munosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa davlat va huquqni barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash kalitini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillarini, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash bilan qurollantiradi. Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkoniyatini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fani tomonidan to‘plangan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa falsafa uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi vazifasini bajaradi.

Download 33.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling