1. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy tizimdagi o’rni va ahamiyati
Download 33.2 Kb.
|
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va huquq hodisalarini o
Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi. Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi orqali, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish orqali o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog‘liqligi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jamiyatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni siyosat nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet – davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan bir-birlarini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrovligiga ko‘ra davlat va huquq nazariyasi fani uchun zamindor asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqadordir. Tarix jamiyatshunoslikka oid fan hisoblanadi. U insoniyat madaniy va ma’naviy taraqqiyotining har xil turlari va davrlari, jamiyatning rivojlanish yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning o‘tmishdan kelajak tomon yuksalib boorish sabablari va mohiyatini tadqiq etadi. Muayyan xalqlar, davlatlarning turli davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini, shuningdek, huquqiy yodgorliklarni ham o‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt chegaralari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni ochmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: – birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa alohidalik kasb etadi; – ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni har tomonlama o‘rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan foydalanadi. O‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq ma’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan qurollantiradi; – uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali davlat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy tadqiqot mavzuidan o‘rin egallashi mumkin. Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi ham ikki tomonlamadir. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy, tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga kelishi sabablarini, taraqqiyot bosqichlarini, davlat va huquqning mohiyatini, mazmuni va shakllarini ochib beradi. Shu ma’noda davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, balki to‘ldiradi. Bu hol esa davlat va huquq nazariyasi o‘zining predmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan yana ham keng qamrovli xulosalar chiqarish mumkin. O‘zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari kuchayib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’limning rivojlanib borishi bilan davlat va huquq nazariyasi hamda barcha ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik kuchayib boraveradi. Download 33.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling