1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Huquqqa «sotsiologik» yondashuv


Download 170.58 Kb.
bet69/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

204.Huquqqa «sotsiologik» yondashuv XIX asrning ikkinchi yarmida «erkin huquq» maktabi doirasida shakllangan. Yevropada bunday yondashuvning namoyandalari Е. Erlix, F. Jeni, S.A. Muromsev va boshqalardir. Bu yo‘nalish huquq normalari ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob bermay qolgan sharoitda vujudga keldi va rivojlandi. Huquqqa sotsiologik yondashuvda, asosiy urg‘u
huquq nima, degan savolga javob topishga emas, balki huquq harakatiga qaratiladi. Unga ko‘ra, huquqni normalardan emas, balki hayotning o‘zidan izlash lozim. Yozilgan qonunlar bo‘sh tovush, to‘ldirilishi lozim bo‘lgan idishga o‘xshatiladi. Qonunni sudyalar, amaldorlar huquq bilan to‘ldiradilar. Avstriya huquqshunosi Е. Erlix «erkin huquq» ta’limotini yaratib,sotsiologikyurisprudensiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Huquq asoslarini jamiyatdan, uni tashkil etgan oila, savdo uyushmalari, jamoa va davlat kabi uyushma va ittifoqlardan izlash lozim. Huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va mohiyatini tushunish uchun, eng avvalo, ijtimoiy uyushmalarda mavjud bo‘lgan tartibotni o‘rganish kerak.

205.Huquqning psixologik nazariyasi. Huquqqa yondashuvda ayrim olimlar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongni ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois, huquqning psixologik nazariyasi kelib chiqdi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da’vogar bo‘lsa-da, aslida huquqiy realizm g‘oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog‘liqlikda yashab kelmoqda.Mazkur nazariya o‘tgan asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib, Petrajitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bunazariyaning Yevropadagi namoyandalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:1) inson psixikasi (ruhiyati) – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat, davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;2) huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas, psixologik qonuniyatlar – huquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter), ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (imperativ norma) majmui orqali kiritiladi, deb hisoblanadi;3) barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga – ijobiy (davlat tomonidan o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquqiy his-tuyg‘ularga bo‘linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling