1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Yuridik fanlar quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- , kriminalistika
4. Yuridik fanlar quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi:
a) tarixiy-nazariy-huquqiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta'limotlar tarixi va hokazo); b) maxsus yoki tarmoq huquqiy fanlar (masalan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, konstitutsiyaviy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, jinoyat-protsessual huquqi va boshqalar); v) amaliy yuridik fanlar (masalan, kriminalistika, kriminologiya, sud tibbiyoti, sud statistikasi, sud buxgalteriyasi va hokazo). 5. davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruv- chi huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa alohidalik kasb etadi; ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ham boshqa ijtimoiy fanlar singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea- hodisalar va jarayonlarni har tomonlama o‘rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan, to‘plagan bilimlaridan foydalanadi. 0 ‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq ma’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantiradi; uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali davlat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy tadqiqot mavzusidan munosib o‘rin egallaydi 6. Davlat va huquq nazariyasining sohaviy huquqiy fanlar bilan nisbati. Yuridik fanlar — ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir. Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o ‘rin egallaydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonlarini, muayyan jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining har bir tarmog‘i o‘zining mustaqil predmetiga ega. Davlat va huquq nazariyasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda o ‘rganish bu fanning predmeti, ahamiyati va rolini yanada oydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning ham o‘rganish sohasi va umumiy obyekti — davlat va huquqdir. Har bir sohaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, ularning har biri o‘zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega. davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasining boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi ana shundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy-huquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushunchalari va qoidalarini shakllantiradi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling