1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
18. Umumiy ilmiy metodlar — tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini o ‘rganishda qofllaniladigan eng umumiy yondashuvlar, usullar, bilishning
umumiy prinsiplaridir. Barcha fanlar uchun eng umumiy universa metod — dialektikadir. Dialektika nazariyasi — voqeliklarning umumiy aloqadorligi va doimiy rivojlanish holatida bo‘lishi to‘gkrisidagi ta’limot. Dialektik metod davlat va huquqni o‘zaro aloqada, doimiy rivojlanishda, o ‘zgarishda, bir tipdan ikkinchi tipga hamda bir shakldan ikkinchi shaklga o ‘tish, mazmunan boyish va takomillashishda, deb tushuntiradi 19. Tarixiy metod — davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shart-sharoitlariga bog‘lab o‘rganish usul boiib, unda davlat va huquqning tavsifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy xronolologik izchillikda, ketma-ketlikda o‘rganiladi. Ushbu 0‘rinda davlat va huquqning tarixan vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanishi, o ‘zgarishi va shakllanishiga ta’sir etgan omillami ko‘rsatib berish, shu asosda davlat va huquqning bugungi holatiga baho berish hamda istiqboldagi evolyutsiyasini bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy metod vositasida davlat — huquqiy hodisalarga ikki nuqtayi nazardan yondashish mumkin: birinchidan, bu hodisalarning “vaqt o ‘lchovida harakatlanish, o‘zgarish jarayoni”ni kuzatish, ikkinchidan, bu jarayonni “nazariy jihatdan anglash”. Tarixiy yondashuv asosida tahlil yuritish umuman abstrakt davlat va huquqni emas, balki konkret, aniq muayyan davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mohiyatini, tabiatini o ‘rganish imkoniyatini beradi. Va nihoyat, davlat va huquqning nazariy jihatlarini tarixiy voqealar hamda faktlar bilan bog‘lab o‘rganish puxta bilim olish garovidir. Davlat va huquq haqidagi turli-tuman fikrlar ichida o ‘ralashib qolmaslik uchun ularning asosiy tarixiy bog‘lanishlarini unutmaslik lozim. Shu bois har bir masalaga tarixdagi m a’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o ‘z rivojlanishida qanday asosiy bosqichlardan o‘tganligi nuqtayi nazaridan qarab, bu hodisa hozirgi paytda qanday bo‘lib qolganligiga baho berish lozim. Bu metodologik talab davlat va huquq hodisalariga ham bevosita taalluqlidir. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling