1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet7/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

23. Dialektika nazariyasi — voqeliklarning umumiy aloqadorligi va doimiy rivojlanish holatida bo‘lishi to‘gkrisidagi ta’limot. Dialektik metod davlat va huquqni o‘zaro aloqada, doimiy rivojlanishda, o‘zgarishda, bir tipdan ikkinchi tipga hamda bir shakldan ikkinchi shakl- ga o‘tish, mazmunan boyish va takomillashishda, deb tushuntiradi. Dialektik metod davlat va huquq hodisalarini tadqiq qilishda obyektiv haqiqatga erishishning asosiy omilidir. Bu metod davlat va huquqning mohiyatini jamiyatning iqtisodiy tuzumi siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalar bilan uzviy bog‘liq, deb qaraydi. Bordi-yu, davlat va huquqni iqtisodiy asosdan ajratib, tegishli tarixiy shart-sharoitdan uzilgan holda talqin etilsa, ularning mohiyatini ham, rioyjlanish qonuniyatlarini ham to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi. Dialektik metodning asosiy talablaridan biri davlat va huquqni tarixiy voqealar bilan bog‘lab o‘rganishdir. Davlat va huquqni o'rganishda dialektik yondashuv talablaridan yana biri ilmiy obyektivlikdir. Ilmiy obyektivlik o‘rganilayotgan mavzuning, ya’ni davlat va huquqning jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida obyektiv zaruriyat tarzida vujudga kelganligi, uning rivojlanishi jamiyatning boshqa sohalari bilan o'zaro bog‘liq va aloqadorlikda ekanligi, o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanishini inobatga olishni talab etadi.
24.
25.
26.
27.

28. Aniq-sotsiologik metod — davlat va huquq masalalarini davlat idoralari faoliyati, davlat va jamiyat boshqamvini huquqiy tartibga solish yo‘llarini real hayot bilan bog1 lab o‘rganish usulidir. Aniq-sotsiologik metod quyidagi ilmiy-amaliy usullardan foydalanadi: yozma yoki og‘zaki so‘rov (anketa) o‘tkazish, jamoatchilik fikrini aniqlash va tahlil qilish, statist!к ma’lumotlar va hujjatlarni (arxiv materiallarini) tahlil etish, kuzatuv olib borish, suhbat, tajriba o'tkazish va boshqalar. Aniq-sotsiologik metodning ma’nosi shundaki, ilmiy tahlilning bu usulida yuridik amaliyot, huquqiy hayotning muhim jihatlari, davlat va huquq institutlarining amal qilishi haqida haqqoniy ma’lumotlar (axborot) to‘plash, tahlil etish va qayta ishlash amalga oshiriladi. Olingan natijalar asosida davlat-huquqiy voqelik xususida nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqariladi va tegishli amaliyotni takomillashtirishga oid qarorlar qabul qilinadi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling