1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv


Download 170.58 Kb.
bet70/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

206.Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida mantiqan shakllandi. Uning asosiy namoyandalari Gustav Gugo (1764-1844), K. Savin (1779-1861), G. Puxta (1798-1846) va boshqa olimlardir. Mazkur yondashuv tarafdorlari tabiiy huquqiy ta’limoti hamda qonunchilik hokimiyati organlarining huquq
yaratuvchi faoliyati natijasida sun’iy ravishda yaratiladigan pozitiv huquq g‘oyasini tanqid qiladilar. Ularning fikricha, huquq o‘z-o‘zidan vujudga keladi, shu nuqtayi nazardan u tilning kelib chiqishiga o‘xshaydi. Til shartnoma, biror shaxs yoki davlat organining ko‘rsatmasi bilan o‘rnatilmagani, xudo tomonidan ato etilmagani kabi, huquq ham faqat qonun ijodkorlik faoliyati bilan emas, balki xalqning turmush sharoitlari asosida tegishli normalarning tasodifiy shakllanishi bilan ham vujudga keladi.Huquqiy normalarning va institutlarning shakllanishi va taraqqiyoti obyektiv rivojlanish natijasidir. Ushbu rivojlanish o‘z-o‘zidan, davr talabi va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun insonlar bu jarayonga aralashmasliklari lozim. Huquqqa tarixiy yondashuvning mashhur vakili K. Savinining fikricha, milliy ruhning harakati bilan huquq ham tasodifiy rivojlanadi. Taraqqiyotning birinchi bosqichida huquq odatlar shaklida namoyon bo‘ladi, ikkinchisida huquqshunos olimlar tomonidan ishlov beriladi, bunda u o‘zining
ildizi – xalqning umumiy e’tiqodi bilan aloqasini yo‘qotmaydi. Xalq ruhi bilan sug‘orilmagan huquq jamiyatda yashab keta olmaydi.

207.Huquqni tushunishga integrativ yondashuv. Huquqni tushunish bo‘yicha har xil yondashuvlar bilan tanishuv huquqning ko‘p qirrali tushuncha ekanligini tasdiqlab turibdi. Bu yondashuvlardan birortasini mutlaqlashtirish yoki butunlay voz kechish maqsadga muvofiq emas. Ularning har biridan biror foydali jihatni topish imkoni bor. Huquqni qo‘llash va huquqni ijod qilish jarayonida bu nazariyalarning barcha ibratli jihatlarini birlashtirish, umumlashtirish tufayli, huquqni tushunishda integrativ (umumlashtiruvchi) yondashuvga ehtiyoj tug‘iladi. Biroq, bunda barcha nuqsonlarini umumlashtirishning oldini olish lozim bo‘ladi.Integrativ yondashuv asosida huquqni mukammal qiluvchi, rivojlantiruvchi,inson, davlat, jamiyat talablariga javob beruvchi jihatlarni umumlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu huquqning shakliga ham, mazmuniga ham taalluqli xususiyatlarni qidirishni zarur qilib qo‘yadi. Erkinlikning adolatli o‘lchovlari huquqning mazmunini tavsiflaydi, shakliy jihatini esa, davlat tomonidan qo‘llanadigan majburlovga asoslanuvchi umummajburiylik tashkil etadi. Shu bois, amaliyotchi (sudya, prokuror, ichki ishlar xodimi, yuriskonsult) uchun muayyan jamiyatda muhofaza qilinadigan erkinlik va adolatni himoya qilish muhim. Aks holda noroziliklar, janjallar kelib chiqadi, har qanday adolatni toptashga yo‘l ochiladi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling