1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet14/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

47. Davlatning mohiyati — uning eng muhim, barqaror belgi va xususi- yatlari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat — qonuniyatni, qonuniy munosabatlami, eng muhim tavsiflovchi jihatlami anglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir. Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifalari, bajaradigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlami tartibga solish, jamiyatni boshqarishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgan davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi. Davlat boshqaruvi — ijtimoiy muno- sabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsadida ularga qat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotni yo‘naltirib turadi.


48. Davlat — jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta’minlaydigan siyosiy tashkilot boiib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy majburiy xususiyat bahsh etadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy tartibotni kafolatlaydi. , davlat — jamiyatdan mustaqil tuzilma emas, balki muayyan makon va zamonda mavjud huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat — sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o‘zaro bo‘ysunish va boshqarilishini ifo- dalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to‘g‘ri- sida so‘z yuritganda, biz vakolatli organlar tomonidan odamlar o‘rtasida- gi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat’iy huquqiy normalar yordamida majburiy tartibga solishdan iborat funksiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy hodisadir.


49. Suverenitet — mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro may- donda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat — bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, bego- nalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi — uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustunligi va ulardan mustaqilligidir. Davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanadi: — ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi; — davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va davlat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishi; — boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlash- malari, diniy tashkilotlar va boshqalar)ning qarorlarini bekor qila olishi. Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchun majburiy qonunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlov choralarini qo‘llaydi.

50. Hozirgi davlatlarning deyarli barchasi o‘z konstitutsiyasida xalq (milliy) suvereniteti, xalqning hokimiyat negizi va manbayi ekanligi haqidagi
qoidalarni mustahkamlagan. “Xalq tushunchasining o ‘zi siyosat sohasida
yuzaga kelgan: qadimgi Gretsiyada oliy hokimiyat aholining aksariyat qismini tashkil etuvchi to‘la huquqli erkin fuqarolarga qarashli bo‘lgan polislar (davlat-shahar) “demokratiyalar” deb atalgan. М. T. Sitseronning
“respublica est res populi” (“davlat yoki respublika — xalq ishi, boyligi”)
degan mashhur mulohazasida xalqqa alohida ijtimoiy birlik sifatida qaraladi. Sitseron shunday deb yozgan edi: “davlat xalq boyligidir, xalq esa,
qandaydir bir tarzda to‘plangan odamlar birikmasi emas, balki huquq va
manfaatlaming umumiyligi masalalarida o‘zaro kelishuvga muvofiq birbiri bilan bog‘langan juda ko‘p odamlarning jamoasidir”.
Ko‘plab odamlarning yagona xalq bo‘lib birlashuvi ijtimoiy ongning
barcha shakllari, ayniqsa, tarixiy taqdirlarning umumiyligini anglash shakli orqali yuz beradi. Tarixiy taqdirlarning umumiyligi deyilganda negizida
an’analar izchilligi va umumiy tarixiy istiqbollar ko‘zda tutilgan o ‘tmish,
hozirgi davr va kelajakning yagonaligi nazarda tutiladi. Demokratik davlat
va huquq — hozirgi zam on fuqarolik jamiyati mustahkamligi va
barqarorligining tamal toshi va ishonchli kafolatidir. Fuqarolik jamiyati
normal rivojlangan davrlarda o ‘rta sinf va xalqning aksariyat qismi uni birlashtiruvchi asosiy an’analarni, ijtimoiy-axloqiy aloqalarni saqlash hamda
ko‘paytirish kayfiyatida (niyatida) bo‘ladi. Bunday davrlarda xalqning
davlatga nisbatan munosabati demokratik institutlar va rivojlanishning
aniq ijtimoiy istiqbollarini qo‘llab-quwatlashda, ijtimoiy xomxayollik va
diktatorlik koTinishlariga nisbatan norozilik munosabatlarida aks etadi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling