1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet1/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M



1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini ijtimoiy hayotning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ularning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, ularning mohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksiyalari, shuningdek, siyosiy va huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy tartibga solishning xususiyatlari tashkil Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fanni o’rganadigan ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bunday masalalar jumlasiga — davlatning jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va Fanning fundamentalligi — u tomonidan o‘rganiladigan hodisa (obyekt)lar haqidagi bilimlarning chuqur nazariyligi, ilmiy umumlashtirilgan ligi hamda asoslantirilganligida namoyon boiadi. Davlat va huquq nazariyasi yaratadigan ta’riflar, qoidalar, uning ochadigan qonuniyatlari boshqa yuridik fanlar uchun poydevor, umumiy asos, rahbariy yo‘nalti- ruvchi g‘oya, tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fan o rganadigan
ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bunday masalalar jumlasiga — davlatning
jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va
huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli va o ‘rni, shuningdek, ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid masalalar kiradi. Davlat va
huquq nazariyasi nafaqat davlat — huquqiy mazmundagi voqea, hodisa
va jarayonlami, balki insonlarning davlat va huquq haqidagi tasavvurlarini, ya’ni huquqiy ong, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyatni ham
o ‘rganadi. Demak, davlat va huquq nazariyasi okrganadigan masalalar
qatoriga aholining ijtimoiy, jamoaviy va individual huquqiy hamda siyosiy
ongi, siyosiy-huquqiy madaniyati ham kiradi

2 Davlat va huquq nazariyasi — davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlarni ifodalovchi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarni mantiqiy tarzda umumlashtirilgan sistemasi hisoblanadi. Tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, ya’ni muayyan zamon va makonda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafku- raviy-g‘oyaviy jihatlari, boshqaruv tartibi, ijtimoiy ongi va madaniy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, ularga baho beradilar. Har bir tarixiy davrda davlat va huquqning mohiyati o‘ziga, davrga mos tarzda namoyon bo‘ladi.

3.Fan qaysi narsalar (hodisalar) haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu uning obyektini tashkil etadi. Yuridik bilimlar davlat va huquq xususida yaratiladi. Demak, yurisprudensiyaning obyektini davlat va huquq tashkil qiladi. Biroq, fanning obyekti uning predmetidan farq qiladi. Aynan bir obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, davlat va huquq turli sohaviy yuridik fanlar (konstitusiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va h.k.) tomonidan o‘rganiladi. Ammo ularning har biri davlat va huquqni o‘z predmeti va metodi nuqtayi nazaridan o‘rganadi.
Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida ilmiy o‘rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy modeli (obrazi) hosil qilinadi, mohiyat — belgilari haqida tushuncha tizimi vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fanning predmetini tashkil etadi. Ushbu mulohaz- alar yuridik fanga ham taalluqli. Eng umumiy tarzda xulosa qiladigan boisak, yuridik fanlarning obyektini davlat va huquq, predmetini esa davlat va huquqning turli xususiyatlari, mohiyatiga oid belgilari tashkil etadi'. Boshqacha aytganda, davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning mohiyatini, xususiyat, belgilarini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling