1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Қиёслаш усули орқали давлат ва ҳуқуқ ҳақидаги ҳодиса ва қарашлар (фикрлар) қиёслаб ўрганилади .Qiyosiy-huquqiy metod


Download 170.58 Kb.
bet8/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

29. Қиёслаш усули орқали давлат ва ҳуқуқ ҳақидаги ҳодиса ва
қарашлар (фикрлар) қиёслаб ўрганилади
.Qiyosiy-huquqiy metodqiyoslash, taqqoslash, solishtirish, chog‘ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Masalan, 0 ‘zbe- kistondagi ikki palatali parlamentning mohiyati, vakolatlari ko‘lami, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa davlatlar ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlaming konstitusiyalari bilan solishtirib o‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bilan farqi aniqlanadi, balki ularning o‘tmishdagi, awalgi bosqichda- gi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslab qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi hodisalar va jarayonlami o‘zaro solishtirish asosida ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi'.


30. Statistik-matematik metod — yuqoridagi aniq-sotsiologik metod bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga oid amaliyot, boshqa davlat idoralari faoliyatidan kelib chiqadigan statistik ma’lumotlarni umumlashtirish orqali ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy jarayonlarini xolis aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Huquqiy hodisalarni, muayyan tarixiy davrdagi matematik va geometrik holatlarni o'rganish. tahlil etish ham ushbu metod doirasiga kiradi. Statistika — bu raqamli hisob-kitob yuritish asosida ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil etish, baholash va mantiqiy-ilmiy xulosa chiqarish ilmidir. Bunda miqdoriy ko‘rsatkichlar ilmiy tahlilning obyekti hisoblanadi. Miqdoriy ma’lumotlar davlat va huquq hodisalari taraqqiyotining nis- biy barqaror tendensiyalarini o‘zida ifoda qilgani holda, ularning taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash va baholashga, strategik va taktik ahamiyatga molik jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Raqamli ma’lumotlar davlat va huquqning holati, dinamikasi hamda rivojlanish tendensiyalarini obyektiv ifodalaydi. Qator holatlarda statistik-matematik tadqiqotlar nati- jalari so‘z bilan anglashiladigan har qanday matn — ifodalardan ishonch- liroq chiqadi. Bunday tadqiqotlar statistik kuzatuv, statistik ma’lumotlarni matematik usullar yordamida erkin ishlovdan o‘tkazish va ularni tahlil etish bosqichlari orqali amalga oshadi

31. Формал-юридик усул – ҳуқуқ номаларини ва ҳуқуқнинг ички
тузилишини ўрганади, ҳуқуқнинг шакллари ва манбаларини таҳлил
қилади. Умуман, бу усул давлат ва ҳуқуқнинг табиатидан келиб чиққан
ҳолда давлат ва ҳуқуқнинг феноменини очиб беришга ва маълум
тизимга солишга ёрдам беради.



Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling