1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
32. Qiyosiy-huquqiy m etod — qiyoslash, taqqoslash, solishtirish,
chog‘ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning o ‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Masalan, 0 ‘zbekistondagi ikki palatali parlamentning mohiyati, vakolatlari ko‘lami, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa davlatlar ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o ‘ziga xos jihatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlaming konstitusiyalari bilan solishtirib o ‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bilan farqi aniqlanadi, balki ularning o ‘tmishdagi, awalgi bosqichdagi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslab qimmatli m a’lumotlar to ‘planadi. Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va o ‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi hodisalar va jarayonlami o‘zaro solishtirish asosida ular o ‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi'. 33. Давлат ва ҳуқуқни моделлаштириш усулининг моҳияти шундаки, турли давлат ва ҳуқуқ ҳодисалари ўртасида маълум бир ўхшашлик мавжудлиги боис улардан бирининг хусусий белгилари (модели)ни ўрганган ҳолда бошқалари ҳақида етарлича фикр юритиш мумкин бўлади. 34. Jamiyat — arabcha umumiy degan ma’noni anglatadi. Jamiyat ata- masi ko‘p ma’noli so‘zlar qatoriga kiradi. Bugungi kunda jamiyat iborasi orqali quyidagilarni ifodalash qabul qilingan: birinchidan, o‘zlarining mushtarak maqsadi va manfaatlari yo‘lida birlashgan kishilarning uyush- masini (bilim jamiyati, avtohavaskorlar jamiyati va h.k.); ikkinchidan, insoniyat taraqqiyoti muayyan bosqichining ifodasi sifatida (ibtidoiy jamiyat, quldorlik jamiyati, feodal jamiyati, kapitalistik jamiyat); uchinchidan, tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan tushuncha sifatida. Insonlarning uyushmasi sifatida jamiyat murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa. Jamiyatning vujudga kelishi va taraqqiyoti azal-azaldan mutafakkirlarning diqqati markazida boNib kelgan va kelmoqda. Jamiyat to‘g‘risida turli-tuman fikrlar, g‘oyalar va ta’limotlar vujudga kelgan. Insoniyatni o‘rab turgan borliq kabi kishilik jamiyati ham o‘zining ichki qonuniyatlari asosida taraqqiy etadi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling