1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet12/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

42. Shartnoma nazariyasi. Shartnoma nazariyasining eng ko‘zga kolringan vakillari Т. Mor (1478-1535), G. Grotsiy (1583-1645), T. Gobbs (1588-1679), J. Lokk (1632-1704), Sh. Monteskye (1689-1755), J. Russo (1712-1778), I. Kant (1724—1804) va boshqa qomusiy olimlar bo‘lib hisoblanadi. Shartnoma nazariyasi tabiiy huquq nazariyasi birga yuzaga keldi va mazkur nazariya negizida rivojlandi. Shartnoma nazariyasida asosiy e’tibor davlat va davlatning vujudga kelishi masalalariga qaratiladi. Shartnoma nazariyasi tarafdorlari o‘z asarlarida davlat va huquqning vujudga kelishi, siyosiy hokimiyat va inson siyosiy erkinliginingg nisbati, ommaviy hokimiyatni amalga oshirishda inson irodasining daxlsizligi masalasini yoritganlar. Qadimgi Xitoy mutafakkiri Mo-Szi (er. av. 479—400) insonlarning tabiatdan tengligi g‘oyasini ilgari suradi. U birinchilardan bo‘lib, davlatni vujudga kelishining shartnoma nazariyasini ilgari suradi. Mo-Szi ta’limo- tining o‘zagini oliy hokimiyatning xalqqa tegishligi g‘oyasi tashkil etadi. Shartnoma nazariyasining asosiy qoidalari o‘rta asrlarga kelib Yevropa mutafakkirlarining ta’limotlarida rivojlantirildi.


43. Zo‘ravonlik nazariyasi. Davlat va huquqning kelib chiqishi to‘g‘risidagi g‘arbda tarqalgan nazariyalardan bin zo‘ravonlik nazariya- sidir. Mazkur nazariyaning eng ko‘zga ko‘ringan tarafdorlari bo‘lib, nemis faylasufi va iqtisodchisi Ye. Dyuring (1833—1921), Avstriya jamiyat- shunosi va davlatshunosi L.Gumplovich (1838—1909), K.Kautskiy (1854—1939) va boshqalardir. Zo‘ravonlik nazariyasining asosida davlat va huquqni kelib chiqishi- ning bosh sababi — bosqinchilik, zo‘ravonlik va bir qabi-lani ikkinchi qabila tomonidan zulmga duchor etish, degan g‘oya yotadi. Davlat va huquqning kelib chiqishi to‘g‘risidagi zo‘ravonlik nazariyasining kelib chiqishi uzoq o‘tmishga ega. Qadimgi yunon faylasuflari, sofistlarning ta’limotlarida, davlat kuchlarning farovonligini ko‘zlab yaratilgan tash- kilot, huquq esa jamiyatdagi mavjud bir aholini ikkinchi bir aholi tomonidan tutqinlikda saqlab turish uchun qurol sifatida vujudga kelgan- ligi aytib o‘tiladi.



Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling