1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
20. Aniq-sotsiologik metod — davlat va huquq masalalarini davlat idoralari
faoliyati, davlat va jamiyat boshqamvini huquqiy tartibga solish yo‘llarini real hayot bilan bog1 lab o ‘rganish usulidir. Aniq-sotsiologik metod quyidagi ilmiy-amaliy usullardan foydalanadi: yozma yoki og‘zaki so‘rov (anketa) o‘tkazish, jamoatchilik fikrini aniqlash va tahlil qilish, statist!к ma’lumotlar va hujjatlarni (arxiv materiallarini) tahlil etish, kuzatuv olib borish, suhbat, tajriba o'tkazish va boshqalar. Aniq-sotsiologik metodning m a’nosi shundaki, ilmiy tahlilning bu usulida yuridik amaliyot, huquqiy hayotning muhim jihatlari, davlat va huquq institutlarining amal qilishi haqida haqqoniy ma’lumotlar (axborot) to‘plash, tahlil etish va qayta ishlash amalga oshiriladi. Olingan natijalar asosida davlat-huquqiy voqelik xususida nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqariladi va tegishli amaliyotni takomillashtirishga oid qarorlar qabul qilinadi. Masalan, sud-huquqiy tizimda o ‘tkazilayotgan islohotlarning samarasini aniqlash uchun aniq-sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish mumkin. Bunda sud amaliyoti, prokuror nazorati hamda tergov amaliyoti bo‘yicha statistik m a’lumotlar va arxiv materiallar o'rganiladi, anketa so‘rovlari o'tkaziladi, jamoatchilik fikri o‘rganiladi hamda ular matematik va kompyuter ishlovidan o‘tkazilib, hosil bo'lgan axborot asosida ilmiy asoslantirilgan xulosalar chiqariladi, zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi. 21. 22. Davlat va huquq nazariyasi ish ko‘radigan umumiy metodlardan yana biri metafizikadir. “Metafizika” yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi — “fizika ketidan keladigan narsa” degani. U hozirgi paytda fanda “qotib qolgan fikr yuritish usuli” ma’nosida ishlatiladi. Ushbu metoddan foydalanib ilmiy izlanish olib boruvchilar davlat va huquq ilgaridan mavjud bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, ular abadiy va o‘zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ichki aloqadorlikda emas, ular rivojlanishda emas, qanday bo‘lsa shunday!igicha saqlanib qoladi, deb fikrlaydilar1. Metafizika sof ilmiy, ijodiy metod emas, u davlat va huquq hodisalarining tub mohiyatini ilmiy ravishda ochib berolmaydi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling