1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
59. davlat — jam iyatdan mustaqil tuzilma emas, balki
muayyan makon va zam onda mavjud huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat — sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o‘zaro bo‘ysunish va boshqarilishini ifodalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to ‘g‘risida so‘z yuritganda, biz vakolatli organlar tom onidan odam lar o ‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat’iy huquqiy norm alar yordam ida majburiy tartibga solishdan iborat funksiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy hodisadir. Davlatning mohiyatini anglashda “hokimiyat” , aniqrog‘i “siyosiy hokimiyat” hodisasi alohida ahamiyat kasb etadi. M a’lumki, siyosiy yoki davlat hokimiyati ijtimoiy hokimiyatning yagona turi emas. Hokimiyat kishilarning muayyan maqsad yo‘lida uyushgan va barqaror xususiyatga ega bo‘lgan jamoasiga xosdir. Davlat — muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan om m aviy-siyosiy tashkilot. 60. Markscha nazariya, aniqrog‘i, tarixiy-materialistik nazariya davlatning mohiyati masalasiga sinfiy yondashuvni taklif etadi. Uning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyasi yotadi. M azkur ta’limot nam oyondalarining isbotlashicha, davlat (siyosiy) hokimiyati iqtisodiy jihatdan hukm ron bo‘lgan sinfga tegishli bo‘lib, faqat uning manfaati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu sababli, davlat mohiyati sinfiy nuqtayi nazardan ta’riflanib, davlat iqtisodiy hukm ron sinfning siyosiy hokimiyatini ta’minlab, mazlum sinf ustidan amalga oshiriladi, uning qarshiligini bostirish quroli (diktatura) hisoblanadi. Diktatura — bu hech qanday qonun bilan cheklanmagan va zo‘ravonlikka, majburlashga, kuchga tayanadigan hokimiyatdir. Sinfiy yondashuv tarixda ro‘y bergan, yashab o‘tgan quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik davlat tiplarining mohiyatini ta ’riflash uchun qo‘llanilishi mumkin. Uni hozirgi demokratik yo‘nalishdagi davlatlar mohiyatini izohlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Demokratik rivojlangan m amlakatlarda davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kelishtiruv asosida hal etish quroli — vositasiga aylanib bormoqda. Zamonaviy davlatlarni ta ’riflab, O kzbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov shunday deydi: “ Demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai m adora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”1 Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling