61.
62. Hokimiyat — kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan buyon mavjud va hozirgacha o‘zining qudratli “joziba”si bilan insonlar aqlini tortib kelayotgan nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Bugungi kunda aksariyat olimlar e'tirof etgan nuqtai nazarga ko‘ra, hokimiyat — muayyan shaxs (guruh)ning u yoki bu kishi (guruh) ustidan boshqaruvni amalga oshirish (hukmronlik qilish), u yoki bu narsaning taqdirini hal etish huquq- imkoniyatidir. Hokimiyatning muhim sifati uning kishilar o‘rtasidagi iro- daviy munosabat ekanligida ifodalanadi. Hokimiyat bu shunday ijtimoiy- irodaviy munosabatki, bunda hukmron irodaning ustunligi, belgilovchi roli ta’minlanadi1. Hokimiyat amalga oshgan joyda muayyan irodaviy akt (munosabat) bor va shuning natijasida ro‘y beradigan boshqaruv va boshqarilish mavjud. Boshqaruv esa o‘ziga nisbatan ma’lum bo‘ysunishni, tobelikni talab etadi. Demak, hokimiyat bo‘ysunish va zarur bo'lganda majburlash elementlari orqali amalga oshiriladi. Ma’lum obro6 (avtoritet) va bobysunishsiz boshqarish mumkin emas. Siyosiy hokimiyat bilan davlat hokimiyatining bir-biridan farq qilishini isbotlovchi fikrlar mavjud. Ushbu bahsga berilmagan holda quyidagi umumiy ta’rifni bayon etamiz. Demak, siyosiy yoki davlat hokimiyati — ijtimoiy hokimiyatning shunday turiki, bunda boshqaruv bevosita davlat tomonidan, yoki u vakolat bergan subyektlar tomonidan, uning nomidan, uning topshiriglga binoan va uning qo‘llab-quwatlashi asosida amalga oshiriladi.
63. Ommaviy-siyosiy hokimiyat (ya’ni, davlat hokimiyati) — birinchidan, muayyan hududga nisbatan joriy etiladi; ikkinchidan, tegishli hududda joylashgan va shu yerda yashaydigan aholiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi; uchin- chidan, maxsus apparat vositasida amalga oshiriladi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyati suverenitetga ega bo‘lib, u jamiyatning boshqa ijtimoiy guruh- lari (siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy harakatlar, uyushmalar va h.k.)dan to‘la mustaqildir; beshinchidan, butun jamiyat nomidan ish yuritadi va boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |