70. Yuridik fanlar quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi:
a) tarixiy-nazariy-huquqiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta'limotlar tarixi va hokazo);
b) maxsus yoki tarmoq huquqiy fanlar (masalan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, konstitutsiyaviy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, jinoyat-protsessual huquqi va boshqalar);
v) amaliy yuridik fanlar (masalan, kriminalistika, kriminologiya, sud tibbiyoti, sud statistikasi, sud buxgalteriyasi va hokazo).
71. Davlatning asosiy belgilari, uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga
imkon beruvchi jihatlari mavjud. Davlatning belgilari sifatida kishilik
jamiyati uyushgan davlat tashkilotining barqaror, qat’iy umurtqasini ifodalovchi jihatlari maydonga chiqadi. Ular jamiyat rivoji bilan hamohang
tarzda m azm unan boyib boradi, eski funksiyalar barham topib, yangi idoraviy tuzilm alar va funksiyalar vujudga kelaveradi.
Davlatni boshqa jam oat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar
bo‘lib, m azkur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi
Davlatning yana bir muhim belgisi — ommaviy-siyosiy hokimiyatning
ta ’sis etilganligi. Ya'ni, siyosiy elita va jamiyatning qolgan qismi o ^ a s ida mavjud hukmronlik va bo‘ysunish (hokimlik va tobelik) m unosabatlarining mavjudligi
72. Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markscha- lenincha ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z asarla- rida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyatning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida boMishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi kolpchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirganlar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat “sotsialistik inqilob” natijasida paydo bo‘ladi, ya'ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat ishchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |