1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Formatsiyaviy yondashuvning


Download 170.58 Kb.
bet19/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

64.Formatsiyaviy yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi
va bu davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga o ‘tishini nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda sinfiy yondashuv deb ham yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi. M azkur tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlatlarning tabiiy-tarixiy xususiyati ularning o ‘z
taraqqiyotida m a’lum bosqichlarni o ‘tishini ko‘rsatadi.
Formatsiyaviy yondashuv bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat
inqilob orqali o ‘tishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat
hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Masalan, quldorlik davlati — quldorlam ing, feodal davlat — yirik yer
egalarining irodasini ifodalaydi. Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsiyaviy yondashuv aniq ifodalangan sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda
ishlab chiqarish munosabatlari tipiga ko‘ra quldorlik, feodal, kapitalistik va
sotsialistik davlat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
A n’anaga ko‘ra quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi
hisoblanadi. Ushbu davlat tipining paydo boMishi eramizgacha bo‘lgan
IV—III asrlarga to lg‘ri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi
Bobil, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston va ikki daryo oralig‘ida paydo
bo‘Igan. Quldorlik davlati tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik
davlatlarida eng to ‘liq tarzda rivojlangan

65.

66. Sivilizatsiyaviy (m a ’rifiy) yondashuv formatsiyali yondashuvni to ‘liq
rad etmagan holda, davlat tipologiyasini mamlakatlar erishgan taraqqiyot
darajasiga bog‘liq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiyaviy yondashuv sinfiy
yondashuvdan ancha keng. M a’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu yondashuvning ko‘zga ko‘ringan vakili A. Toynbidir. Uning
fikricha, sivilizatsiya — jamiyatning milliy, diniy, jug‘rofiy va boshqa belgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Unga
binoan, davlatlar xronologik, genetik, jug‘rofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy
asoslar va hokazo mezonlarga ko‘ra tiplarga ajratiladi.
Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, o‘rta va kichik davlatlarga bo‘lish mumkin. Katta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi,
AQSH, Xitoy, Hindiston va Meksika kabi davlatlarni misol qilsak, o‘rta
hajmli hududdagi davlatlarga 0 ‘zbekiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya
kabi davlatlarni olish mumkin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya,
Vatikan kabi davlatlarni ko‘rsatish mumkin. Davlatni izohlashga tarixiy
nuqtai nazardan yondashuv asosida ularni qadimiy, o‘rta asr va hozirgi
zamon davlat turlariga ajratsa bo‘ladi.
Qadimiy davlatlar Yevropada miloddan avvalgi IX—VII asrlarda
mavjud bo‘lgan. 0 ‘rta Osiyo hududida ilk davlatlar sifatida dastlab Katta
Xorazm, So‘g‘d, Qang‘ va Baqtriya davlatlari paydo bo‘lgan. 0 ‘rta asrlarga
0 ‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan va rivojlangan Som oniylar,
Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Ashtarxoniylar davlatlari misol bo‘la oladi.
Hozirgi zamon davlat turlari sifatida, ayni vaqtda, rivojlanayotgan 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling