1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 213,Huquqning belgilari
- 214. Huquqiy madaniyat
212.Insonparvarlik prinsipi. Buning ma’nosi shundaki, huquq jamiyat – inson – davlat o‘rtasidagi munosabatlarnimustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e’zozlash va uning sha’nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtayi nazaridan kelib chiqadi. Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlaridamustahkamlangan
ijtimoiy tuzumning shaxs uchun qulay iqtisodiy shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nisbatan noinsoniy munosabatni yoqlab chiquvchi qoidalar bo‘lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar hamda ularning oqibatlaridan himoya qilishi kerak. 213,Huquqning belgilari-Huquq ta’riflarining ko‘pligiga ijobiy hodisa sifatida qarash kerak, chunki u huquqqa asrlar osha nazar tashlash, uni nafaqat turg‘un holatda, balki (dinamikada) rivojlanish holatida ham ko‘rish imkonini beradi. Biroq, bu hodisa kamchiliklardan ham xoli emas. Asosiy kamchilik ta’riflardagi farqlar tug‘diradigan qiyinchiliklar, huquqni bilish va undan amalda foydalanishda yagona, izchil jarayonning yo‘qligi bilan bog‘liq. Huquq tushunchasiga ta’riflar ko‘pligidan kelib chiquvchi qiyinchiliklarni bartaraf etishning bir necha yo‘llari mavjud. Shunday yo‘llardan biri huquq tushunchasining turli zamonlarda taklif qilingan ayrim ta’riflari asosida «barcha zamonlar» va «hayotning barcha holatlari» uchun yaroqli bo‘lgan umumiy ta’rifni ishlab chiqishdan iborat, ya’ni huquqning eng muhim belgilari va jihatlarini aniqlash va ko‘rib chiqish lozim. Bu yerda, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarnitartibga solish vositasi sifatidagi huquqning belgilari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. 214. Huquqiy madaniyat – huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning mahsuli. «Huquqiy madaniyat» tushunchasiga tavsif berishdan oldin «madaniyat» iborasining mazmun va mohiyatini tushunib olish maqsadga muvofiqdir, chunki huquqiy madaniyat «huquq» va «madaniyat» kabi tushunchalarningbirlashmasi natijasida yuzaga kelgan va shakllangan. Madaniyatning umumiy ta’rifiga nazar tashlasak, bugungi kunda ijtimoiy fanlar doirasida «madaniyat» tushunchasi turli-tuman, qarama-qarshi talqin va fikrlarga boy bo‘lgan boshqa ijtimoiy hodisani topish qiyin.Misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, chet ellik olimlarning hisobkitoblariga qaraganda, 1919-yilga qadar «madaniyat» tushunchasiga yettita ta’rif berilgan, 1950-yilga kelib bu son 164 taga, 1970-yillarda esa – 250 taga yetgan1 Amerikalik olimlar A. Kreber va K. Klakxonlar esa, 1950-yillarning boshida «madaniyat» tushunchasining 257 ta ta’rifi mavjudligini ta’kidlaganlar Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling