1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet71/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

208.Huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Funksiya – huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir;

209.Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm prinsipi. Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqning, bevosita xalq vakillari bo‘lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish hamda qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo‘llovchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o‘z aksini topadi. Xususan, O‘zbekistonda keng rivojlanayotgan sud-huquqiy islohotining zaminida
ham demokratik jihatlarni chuqurlashtirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimining faoliyatini inson huquqlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan isloh etish kabilar ko‘zda tutiladi. «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap-so‘zlar yo xalqqa xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi»


  1. Download 170.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling