1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonuniylik prinsipi.
Huquqning mohiyatini, xususiyat – belgilarini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.Davlat va huquq nazariyasining predmetidan kelib chiqib, uning tabiatini tavsiflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va nihoyatda boy mazmunlidir. U ijtimoiy, yuridik, siyosiy, nazariy-metodologik, fundamental fan hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi avvalo ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlat va huquqning o‘rni, ahamiyati va vazifalarini tahlil etadi. Eng asosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy hodisalardir.Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi yuridik fandir. Ushbu fan davlat va huquqning mohiyatini, davlat boshqaruvining mazmunini, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barcha jarayonlarini, qonuniylik, huquq buzilishi va yuridik javobgarlik masalalarini umumnazariy jihatdan o‘rganadi.
Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni subyektlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy ma’nosi shundaki, qonun chiqaruvchi organ – parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa organlarning ham faoliyati qonun asosida qat’iy amalga oshirilishi lozim.Sudlov jarayoni hamda huquqni amalga oshirishda ish ko‘radigan barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo‘lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik prinsipi barcha mutasaddi organlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning xatti-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga og‘ishmay rioya qilishda namoyon bo‘ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan tavsiflanadi. Qonunga itoat etish barcha subyektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab sifatida maydonga chiqadi. Boshqacha aytganda, qonun ustuvor va butun mamlakat hududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling