1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Sohaviy huquqiy tamoyillar (prinsplar)


Download 170.58 Kb.
bet68/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

201.Sohaviy huquqiy tamoyillar (prinsplar)faqat bitta muayyan huquq sohasi doirasida amal qiladi. Masalan, yer huquqi uchun «yergaegalik qilish shakllarining ko‘pligi va ularning tengligi» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo‘lishi» tamoyili, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda mustaqil xo‘jalik yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanishi» prinsipi va hokazolar.Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o‘zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi, balki butun huquq tizimining tuzilishi va harkatlanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi
.
202. Huquqqa legistik yondashuv yuridik pozitivizm, normativizm kabi ko‘rinishlarga ega. Ushbu yondashuvni ingliz muta-fakkirlari T. Gobbs, J. Ostin, Germaniyada R. Iering, G. Kelzen, Rossiyada G.F. Shershenevich va boshqalar asoslab bergan. Nomlari kayd etib o‘tilgan mutafakkirlar turli tarixiy davrlarda yashab o‘tgan bo‘lishlariga qaramay, ular ilgari surayotgan quyidagi holatlar ularni o‘zaro yaqinlashtiradi: a) huquq – davlat hokimiyatining mahsuli, hukmdorning buyrug‘i, talabi va h.k.; b) davlat huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan; v) davlat hokimiyati huquq ostida emas, balki undan ustun turadi; g) vujudga
kelish nuqtayi nazaridan davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchidir va h.k.Huquqqa legistik yondashuv huquqni o‘rganishda ham o‘ziga xos tarzda yo‘l tutadi. U huquqni falsafiy talqinlardan, his-tuyg‘u, orzu-istaklar va boshqalardan xoli tarzda tadqiq etish lozimligini uqtiradi. Jumladan, nemis huquqshunosi R. Iering davlat va huquq hodisalarini bilish metodologiyasida tavsiflash, tasnif va faktlar talqiniga alohida e’tibor qaratib, huquqiy hodisalarni tarixiy, tuzilish hamda funksional jihatdan ko‘rib chiqish lozimligini uqtiradi.

203.O‘z navbatida huquqni yuridik tushunish ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi. Ulardan biri, tabiiy huquq nazariyasi bo‘lsa, ikkinchisi, akademik V.S. Nersesyans ilgari surgan huquqni libertar-yuridik (erkinlik) tushunishdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har ikkala yondashuvning negizlari antik davrlarga borib taqaladi.Qadimgi Gretsiya va Rimda sofistlar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Sitseron, rim yuristlari, o‘rta asrlarda G. Grotsiy, B. Spinoza, T. Gobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye, XX asrda R. Shtammler, G. Radbrux kabi mutafakkirlar tabiiy huquq nazariyasining mustaqil konsepsiya darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Mazkur yondashuvga ko‘ra, huquq tabiiy huquq hamda ilohiy, pozitiv, siyosiy kabi huquqlarga bo‘linadi. Bunda e’tiborli jihati shundaki, tabiiy huquq nazariyasi asoschilari tabiiy huquq va pozitiv huquqni (insonlar yaratgan) bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadilar. Ularning fikricha, tabiiy huquq abadiy, o‘zgarmas, azaldan mavjud. Insonlar ularni anglash orqali o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari lozim. Pozitiv huquqni esa, adashishga moyil bo‘lgan, his-tuyg‘uga beriluvchan insonlar yaratadi va u sun’iydir. Shuning uchun tabiiy huquq pozitiv huquqdan ustun turadi hamda pozitiv huquq tabiiy huquqqa moslashishi lozim.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling