1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
238. Gipoteza - huquq normasining dastlabki tarkibiy elementi b o ‘lib, u
ushbu huquqiy norm aning qanday sharoitlarda harakatga kelishi va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy shart-sharoit va mavjud vaziyatni ko‘rsatadi, ya’ni huquq norm asida belgilangan xatti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi m um kin va lozimligini bildiradi. G ipotezada huquq norm asida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda ham da kim tom onidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. G ipoteza huquqiy norm aning bir qismi b o ‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur b o ‘lgan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, hodisalar) o ‘z ifodasini topadi. Masalan, fuqarolik huquqi normasi fuqarolaming m uom ala layoqati qaysi holda to ‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida “ Fuqaroning to ‘liq m uom ala layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach, to ‘la hajmda vujudga keladi” , degan qoida mustahkamlangan. Yana bir misol: 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-m oddasida “Voyaga yetgan, m ehnatga layoqatli farzandlar o ‘z ota-onalari haqida g‘am xo‘rlik qilishga majburdirlar” , deb qayd etilgan. Birinchi misolda qonunlarning “voyaga yetgan” , ikkinchi misolda esa “voyaga yetgan, m ehnatga layoqatli farzandlar” deyilgan qismi ushbu huquq norm alarining gipotezasidir, ya’ni “ Q achon? Qay holatlarda q o ‘llaniladi?” degan savolga javob ifodalangan. N orm aning gipotezasida mustahkamlangan abstrakt ifodalangan har bir vaziyat xulq-atvor qoidasiga “ hayotbaxsh” ta ’sir etib, uni alohida darajaga ko‘taradi. Boshqacha aytganda, gipoteza yuridik norm ani harakatga keltirish sharti va omilidir.Huquq normasining tarkibiy tuzilishi elementi sifatida gipoteza oddiy,murakkab va alternativ (muqobil) turlarga b o ‘linadi. Agar gipotezadabiron-bir holatning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilishi yuridik normaning harakati bilan bog‘liq bolsa , u holda bunday gipoteza oddiy gipoteza deb ataladi. Masalan, “ Fuqarolik to lg‘risida”gi qonunda bayon etilganidek, “ Bola, agar uning ota-onasi u tugllishi paytida 0 ‘zbekiston fuqarolari b o ig a n b o ls a la r (gipoteza), bola qayerda tugllishidan qat’i nazar, 0 ‘zbekiston fuqarosi boladi” . Agar gipoteza huquq normasining harakatini bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ko‘proq holatlarning bor-yo‘qligiga b o g liq qilib q o ‘ysa, u murakkab gipoteza deb ataladi. Yuqorida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda bayon qilingan gipoteza aynan shundaydir: “ 0‘zbekiston hududida tu g llg an bola (birinchi holat), fuqarolikka ega bolgan shaxslardan tugllgan bolsa (ikkinchi holat), u 0 ‘zbekiston fuqarosi boladi” . Yuridik norm aning harakati qonunda sanab o lilg a n bir necha holatlardan biriga (u yoki bunisiga) bogliq bolsa , unda alternativ gipoteza deyiladi 239,Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy elementi bo‘lib, unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlari ko‘rsatiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy o‘tganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishning taqiqlanganligidir. Dispozitsiya shu xulq-atvor qoidasining o‘zi, yuridik normaning o‘zagi, mag‘zidir. Ammo, huquq normasi faqat birgina dispozitsiyaning o‘zidan iborat bo‘la olmaydi. Faqat gipoteza va sanksiya birlikda dispozitsiya atrofida jamlangandagina dispozitsiya hayotiy kuchga ega bo‘ladi va o‘zining tartibga soluvchi xususiyatlarini namoyon qiladi. Dispozitsiya – bu huquqiy xatti-harakat modelidir.Bajarilishi shart bo‘lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha dispozitsiyalar – oddiy, tavsif etuvchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi 240,Sanksiya – yuridik normaning uchinchi tarkibiy elementi bo‘lib, u huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etilgan xatti-harakat sodir etilmagan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasidir. Sanksiyaning bunday ta’rifini, odatda, yuridik fan, davlat va huquq nazariyasi beradi. Faylasuflar, shuningdek, sotsiologlar sanksiya deganda, faqatgina salbiy (tanbeh, jazo) oqibatlarnigina emas, balki ijobiy (rag‘batlantirish, quvvatlash) oqibatlarni (shuningdek, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xulq-atvoridan kelib chiqadigan ijobiy oqibatlarni) ham tushunadilar. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling