1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 226. Махсус юридик функцияларнинг қуйидаги турлари мавжуд: тартибга солувчи (регулятив) ва қўриқловчи. Тартибга солувчи функция
224,«Huquqning shakli» iborasiga kelsak, bunda shakl falsafiy talqin nuqtayi nazaridan muayyan mazmunning mavjudligini anglatadi va uni ifoda etadi. Huquqning shakli – bu huquqning tom mazmuni tuzilishi, uning mavjudlik
usuli, namoyon bo‘lishi, batartibligi va harakatlanishi ifodasidir.huquq shakli – davlat bilan huquq o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuniladi. Huquq manbayi deyilganda, huquq normasining paydo bo‘lishi va amal qilishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar) tushuniladi. Taniqli rus huquqshunosi G.F. Shershenovich huquq shakli – ma’lum ma’noda huquqni o‘zida aks ettiruvchi, uning oldingi vaqtda chiqarilgan manbayi, ya’ni asosi deb ta’riflagan 225,Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a’zolarining yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkil etish, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni uyg‘unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta’sirning yana ikki – regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar yo‘nalishi haqida so‘z yuritish mumkin. 226. Махсус юридик функцияларнинг қуйидаги турлари мавжуд: тартибга солувчи (регулятив) ва қўриқловчи. Тартибга солувчи функция – бу шундай ҳуқуқий таъсир қилиш йўналиши бўлиб, унда жамият тараққиёти эҳтиёжларига мос келадиган ижтимоий муносабатлар амалда бўлиши таъминланади ва ривожлантирилади. Тартибга солиш функцияси доирасида икки кичик функция – статик тартибга солиш ва динамик тартибга солиш функциялари ажралиб туради. Ҳуқуқнинг статик тартибга солиш функцияси ижтимоий муносабатларни муайян ҳуқуқий институтда мустаҳкамлаш йўли билан таъсир ўтказишида намоён бўлади. Динамик тартибга солиш функцияси ҳуқуқнинг ижтимоий муносабатлар ҳаракатини, яъни динамикасини расмийлаштириш йўли билан уларга 227.Huquq normasining struktura-tuzilishini ochishda uning statik (turg‘un) holatidan tashqari, dinamik (jo‘shqin) vaziyati hamda funksional (harakatdagi) jihatlari muhim rol o‘ynaydi.Huquq normalarining shunday funksional aloqalari mavjudki, ular huquqning ichki birligini ta’minlash va izohlash uchun xizmat qiladi. Huquq muayyan murakkab funksional tizimdir. Undagi alohida normalarning har biri huquqiy tartibga solish jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ularning har biri predmet hamda vazifasi bo‘yicha ixtisoslashib, bu jarayon esa ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni nazarda tutadi. Bular: subordinatsiya aloqalari (bir normaning undan yuqori turuvchi boshqasiga «bo‘ysunushi»); huquq normalari o‘rtasidagi aloqalar; huquq funksiyalari asosida vujudga keladigan muhofazalovchi aloqalar ushbu bog‘liqlik mahsuli hisoblanadi. 228,Huquqning regulyativ-statik, ya’ni tartibga soluvchi – statik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlar, ularning holati va erishilgan darajasini mustahkamlash hamda barqarorlashtirishga qaratilgan ta’siri tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida mustahkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funksiya turli subyektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan, inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqdorligini belgilashda namoyon bo‘ladi. 229,O‘z navbatida huquqni yuridik tushunish ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi. Ulardan biri, tabiiy huquq nazariyasi bo‘lsa, ikkinchisi, akademik V.S. Nersesyans ilgari surgan huquqni libertar-yuridik (erkinlik) tushunishdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har ikkala yondashuvning negizlari antik davrlarga borib taqaladi.Qadimgi Gretsiya va Rimda sofistlar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Sitseron, rim yuristlari, o‘rta asrlarda G. Grotsiy, B. Spinoza, T. Gobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye, XX asrda R. Shtammler, G. Radbrux kabi mutafakkirlar tabiiy huquq nazariyasining mustaqil konsepsiya darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. 230.Ommaviy va xususuiy huquq. Ta’kidlash joizki, jahon huquqiy tizimlarining ko‘pchiligiga u yoki bu tarzda huquqning xususiy va ommaviy huquqqa ajratilishi xos. Xususiy huquq alohida shaxslarning ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lsa, ommaviy huquq esa, davlatning umumiy manfaatlarini muhofaza etadi. Xususiy va ommaviy huquqning shakllanishi qadimgi Rimga borib taqaladi. Qonunchilikni tizimlashtirishsohalarini ajratishning mezoni hisoblanadi. Ommaviy huquq doirasiga davlat manfaatini muhofaza etuvchi huquqiy normalar, xususiy mulk sohasiga esa, alohida shaxslar manfatini himoya qiluvchi normalar kirgan. Shunisi e’tiborga molikki, Rimda ommaviy va xususiy huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning xususiyatiga ko‘ra ancha farqlangan. Xususan, ommaviy huquq uchun jus publicum privatorum pactis mutari non protest, ya’ni ommaviy huquq normalari alohida shaxslarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas, degan tamoyil xos bo‘lgan. Bunday normalar imperativ normalar, deb atalgan. Ya’ni, so‘zsiz, majburiy, hokimona buyruq xususiyatiga ega bo‘lgan normalar. 231,Huquqning regulyativ-dinamik, ya’ni tartibga soluvchi – dinamik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, ularning kelgusida rivojlanishi, o‘zgarishi hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu yerda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkurfunksiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to‘lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va hokazolar. Tartibga soluvchi – dinamik funksiya faol huquqiy munosabatlar shaklida ro‘yobga chiqadi. Bular fuqarolik, mehnat, ma’muriy, moliya va boshqa huquq sohalari institutlarida o‘z aksini topadi.Huquqning regulyativ funksiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar quyidagilar:– huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini belgilash;– fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va o‘zgartirish;– davlat organlarining huquq va majburiyatlari hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash; – yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash; – huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash; – huquq subyektlari o‘rtasida muayyan huquqiy aloqa o‘rnatish (tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar); – aniq ijtimoiy munosabatlarga nisbatan huquqiy tartibga solishning oqilona tipini belgilash. Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ funksiyasini shunday ta’riflash mumkin. 232,Yuridik presedent deb, ma’muriy yoki sud organining muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan yozma yoki og‘zaki qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqishda asos sifatida qo‘llanilishiga aytiladi. Yuridik presedent turlari shartli ravishda ma’muriy presedent va sud presedentiga bo‘linadi.Ma’muriy presedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruv sohasidagi ayrim ishlar yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga asos sifatida qo‘llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi. Sud presedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o‘xshash ishga nisbatan namuna tarzida qo‘llashiga aytiladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling