1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
,Aybsizlik prezumpsiyasi –
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
233,Aybsizlik prezumpsiyasi – yuridik javobgarlikka tortish jarayoniga jalb etilgan shaxsning aybsizligi ehtimolidir. Bu prinsipga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar ular aybsiz hisoblanadilar.
234,Huquqqa legistik yondashuv yuridik pozitivizm, normativizm kabi ko‘rinishlarga ega. Ushbu yondashuvni ingliz muta-fakkirlari T. Gobbs, J. Ostin, Germaniyada R. Iering, G. Kelzen, Rossiyada G.F. Shershenevich va boshqalar asoslab bergan. Nomlari kayd etib o‘tilgan mutafakkirlar turli tarixiy davrlarda yashab o‘tgan bo‘lishlariga qaramay, ular ilgari surayotgan quyidagi holatlar ularni o‘zaro yaqinlashtiradi: a) huquq – davlat hokimiyatining mahsuli, hukmdorning buyrug‘i, talabi va h.k.; b) davlat huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan; v) davlat hokimiyati huquq ostida emas, balki undan ustun turadi; g) vujudga kelish nuqtayi nazaridan davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchidir va h.k.Huquqqa legistik yondashuv huquqni o‘rganishda ham o‘ziga xos tarzda yo‘l tutadi. U huquqni falsafiy talqinlardan, his-tuyg‘u, orzu-istaklar va boshqalardan xoli tarzda tadqiq etish lozimligini uqtiradi. 235. Huquqqa legistik yondashuv yuridik pozitivizm, normativizm kabi ko‘rinishlarga ega. U shbu yondashuvni ingliz mutafakkirlari T. Gobbs, J.O stin, G erm aniyada R.Iyering, G .K elzen, Rossiyada G .F .S h ershenevich va boshqalar asoslab bergan. N om lari qayd etib o ‘tilgan mutafakkirlar turli tarixiy davrlarda yashab o ‘tgan b o ‘lishlariga qaramay, ular ilgari surayotgan quyidagi holatlar ularni o ‘zaro yaqinlashtiradi: a) huquq — davlat hokimiyatining mahsuli, hukm dorning buyrug , talabi va h.k.; b) davlat huquq bilan bog‘liq b o ‘lmagan; v) davlat hokimiyati huquq ostida emas, balki undan ustun turadi; g) vujudga kelish nuqtayi nazaridan davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchidir va h.k. H uquqqa legistik yondashuv huquqni o ‘rganishda ham o ‘ziga xos tarzda yo‘l tutadi. U huquqni falsafiy talqinlardan, his-tuyg‘u, orzu-istaklar va boshqalardan xoli tarzda tadqiq etish lozimligini uqtiradi. Jumladan, nemis huquqshunosi R.Iyering davlat va huquq hodisalarini bilish metodologiyasida tavsiflash, tasnif va faktlar talqiniga alohida e ’tibor qaratib, huquqiy hodisalarni tarixiy, tuzilish ham da funksional jihatdan ko‘rib chiqish lozimligini uqtiradi. 236.Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga molik, o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularningdaxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi.Qo‘riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash, taqiqlar o‘rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan ogohlantirib, kishilar irodasiga ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi;ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risida ijtimoiy munosabat subyektlariga axborot beriladi;uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir. 237,Gipoteza – huquq normasining dastlabki tarkibiy elementi bo‘lib, u ushbu huquqiy normaning qanday sharoitlarda harakatga kelishi va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy shart-sharoit va mavjud vaziyatni ko‘rsatadi, ya’ni huquq normasida belgilangan xatti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi mumkin va lozimligini bildiradi. Gipotezada huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, hodisalar), shart-sharoitlar o‘z ifodasini topadi.«Fuqarolik to‘g‘risida» gi qonunda bayon etilganidek, «Bola, agar uning ota-onasi u tug‘ilishi paytida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan bo‘lsalar (gipoteza), bola qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi».Agar gipoteza huquq normasining harakatini bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ko‘proq holatlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq qilib qo‘ysa, u murakkab gipoteza deb ataladi.Yuqorida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda bayon qilingan gipoteza aynan shundaydir: «O‘zbekiston hududida tug‘ilgan bola (birinchi holat), fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslardan tug‘ilgan bo‘lsa (ikkinchi holat), u O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi».Yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lsa, unda alternativ gipoteza deyiladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling