1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet84/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

255,Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtayi nazar, nazariy tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aks etgan huquqiy hodisalar huquqqa bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy manbalarning mazmuni odamlar ma’naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, e’tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongidagi huquqni anglash jarayoni, yuqorida zikr etganimizdek yoki shunga yaqinroq tarzda kechadi. Inson huquqiy ongi orqali huquqni anglash bilan uni qo‘llash jarayonida, sud ishlarida, qonuniylik va qonun to‘g‘risida axborot olinadi. Shunday axborot asosida huquqiy madaniyat darajasi yuksaladi, insonning huquqiy bilimi rivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fe’l-atvori qandayligi, pirovardida, uning huquqiy madaniyati darajasiga, huquqiy bilimining kengligi vateranligiga bog‘liqdir. Huquqiy mafkura – shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, insonning unga bo‘lgan munosabatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

256.Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladigan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartnomalar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda
tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; 2) shartnoma ixtiyoriy tuziladi; 3) manfaatlar umumiyligiga asoslanadi; 4) tomonlar teng bo‘ladilar;

  1. tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadilar; 6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi; 7) majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro javobgarlik nazarda tutiladi; 8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.


257,O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maxsus masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan va bu borada 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifatida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida sohasi sifatida maydonga chiqadi.

258,Inson qilmishlarining hukmi asosan to‘rtta shar’iy manbadan chiqariladi. Ular Qur’on, sunnat, ijmo’ hamda qiyos. To‘rt manbaning hujjatligi hamda ularning tutgan o‘rni to‘g‘risida olimlar yakdil qarorga kelishgan. Qoidaga ko‘ra, mujtahid u yoki bu masalani hal etish uchun avval Qur’oni Karimga, keyin sunnatga, keyin ijmo’ga va nihoyat, qiyosga murojaat qiladi.
Manbalarning haqqoniyligi to‘g‘risida Qur’oni Karim Niso surasining 59-oyatida shunday deyiladi: «Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilinglar va payg‘ambarga itoat qilinglar hamda o‘zlaringizdan (ya’ni musulmonlardan) chiqqan boshliqlarga itoat qilinglar. Agar biror masala javobida bir fikrga kelisha olmasalaringiz, u holda o‘sha masalani Allohga va uning rasuliga
qaytaringlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymonlaringiz bo‘lsa, shunday qilishlik eng yaxshi va xayrli ma’no berishdir».
Qur’on (arab. – qiroat, o‘quv)da islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalar o‘z ifodasini topgan. Qur’on 114 suradan iborat bo‘lib, undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shariat (to‘g‘ri yo‘l, qonunchilik)ga asos qilib olingan. Qur’onda 6666 oyat mavjud, ammo ayrim adabiyotlarda oyatlar sonini 6234 ta deb ham e’tirof etilgan. Bu Qur’onning turli tarzda
o‘qilishi bilan izohlanadi. Qur’on normalarining aksariyati diniy-axloqiy masalalarga taalluqli bo‘lib, shundan 250 tasi huquqiy xususiyatga ega.

259,Huquq normasi instituti yuridik fanning, jumladan davlat va huquq nazariyasining fundamental ilmiy kategoriyalaridan
biri hisoblanadi. Huquq normasi masalalarini ilmiy tadqiq etishning muhimligi shundaki, u huquqiy tizimning barcha elementlari bilan chambarchas bog‘liq: bir tomondan, huquq normasi huquq ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli (hosilasi) bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u huquqni qo‘llash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, uchinchidan,huquq normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga chiqadi.

260,Huquqshunos-olimlar huquqiy ong funksiyalari masalasini ham tahlil etadilar va huquqiy ongning axborot olish, baholash va tartibga solish funksiyalarini ko‘rsatadilar. Axborot olish funksiyasi jamiyat barcha a’zolarining turli shakldagi huquqiy bilimlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ongning axborot olish funksiyasi ketma-ket paydo bo‘luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan: birinchidan, u asosan sezish, eshitish va ko‘rishdan vujudga keladi; ikkinchidan,qabul qilish, xotira, esda saqlash, xotiradagilarni qayta tiklash, tanish jarayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to‘playdi va ularni har hil huquqiy tasavvurlar shaklida ifoda etadi; uchinchidan, tafakkur oliy darajadagi bilish jarayoni hisoblanib, huquqiy g‘oyalar, tushuncha va e’tiqodlar uning mahsulidir.

261,Huquq normasi ifoda etadigan formal-yuridik belgilar quyidagilardan iborat: a) huquq normasining bevosita davlat bilan aloqasi (bog‘liqligi), ya’ni, huquq normasi davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi; u hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amri-irodasini ifodalaydi; b) huquq normasi davlat irodasini ifodalaydi (mujassamlashtiradi); v) huquq normasi umummajburiy bo‘lib, vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi mazmunga ega; g) huquq normasida ifodalangan qoida qat’iy rasmiy aniqligi bilan tavsiflanadi; d) huquq normasi uzoq muddat qo‘llanishga mo‘ljallangan; ye) huquqiy normalar o‘zaro mutanosib va iyerarxik bo‘ysunish tarzida mavjud bo‘ladi; j) huquq normasi davlat tomonidan muhofazalanadi; z) huquq normasining qoidasi
buzilgan taqdirda davlat majburlovi qo‘llaniladi; i) normativ hujjatlar va boshqa huquq manbalarida ifoda (bayon) etiladi. Ayni paytda, huquq normasi yaxlit bir tizimning dastlabki bo‘lagi sifatida o‘ziga xos jihatlarga ham ega bo‘ladi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling