Man qiluvchi normalar — ya’ni, huquq subyektiga muayyan xattiharakatlarni sodir etishini man qiluvchi normalar. M asalan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida “ maxfiy jam iyatlar va
uyushmalar tuzish taqiqlanadi” , deb ko‘rsatilgan va bu qoida man etish
xarakteriga ega.
Rag1,batlantiruvchi normalar — huquqiy m unosabatlar subyektlari
davlat va jamiyat manfaatiga foyda keltiradigan xatti-harakat variantlari
uchun rag‘bat, imtiyoz belgilovchi normalar. Bunda o ‘zining yuridik va
ijtimoiy burchiga vijdonan, sidqidildan yondashgan va yaxshi natijalarga
erishgan shaxslar uchun rag‘batlantirish choralari belgilanadi. Rag‘batlantiruvchi norm alar kishilarni yuqori samara bilan m ehnat qilish, ijodiy
va ijtimoiy faollikka undovchi qoidalardir (masalan, Davlat mukofotlari
to ‘g‘risidagi qonun, ilg‘orlarni taqdirlash qoidalari va hokazo).
Tavsiya etuvchi normalar — xatti-harakat va xulq-atvorning eng
maqsadga muvofiq, davlat nuqtayi nazaridan e ’tiborli b o ‘lgan variantini
belgilaydi. Tavsiya etuvchi normalar, odatda, nodavlat jam oat tashkilotlari, hissadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari va ilmiy muassasalarga
yo‘naltirilgan b o ia d i. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borgani
sayin davlat xo‘jalik va hissadorlik uyushmalarining ishlariga kam roq
aralashib, ularga beradigan huquqiy tavsiyalarining salm o g i ham kamayib
boradi. Avval imperativ xususiyatga ega b o ig a n ko‘plab norm alar tobora
tavsiyaviy m azm un kasb etadi.
Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator m ezonlar asosida
tasniflash m um kin. Bunda, eng aw alo , huquq normalari huquq tarm oqlari b o ‘yicha b o iin a d i va bunday guruhlash huquq normalarini bir tizimga
keltirish va zarur hollarda kodiflkatsiya qilish uchun muhimdir. Huquqiy
tizimdagi o ‘rni va ahamiyati b o ‘yicha huquq normalarini ta ’sis etuvchi,
q o ‘riqlovchi, deklarativ, defmitiv, kollizion va ta'm inlovchi normalarga
b o iis h mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |