1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
293. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. H uquqni tushunishga tarixiy
yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida m antiqan shakllandi. U ning asosiy nam oyandalari Gustav G ugo (1764— 1844), K.Savini (1779— 1861), G .Puxta (1798— 1846) va boshqa olimlardir. M azkur yondashuv tarafdorlari tabiiy huquqiy ta ’limoti ham da qonunchilik hokimiyati organlarining huquq yaratuvchi faoliyati natijasida sun’iy ravishda yaratiladigan pozitiv huquq g‘oyasini tanqid qiladilar. U larning fikricha, huquq o ‘z -o ‘zidan vujudga keladi, shu nuqtayi nazardan u tilning kelib chiqishiga o ‘xshaydi. Til shartnom a, biror shaxs yoki davlat organining ko‘rsatmasi bilan o ‘rnatilmagani, xudo tom onidan ato etilmagani kabi, huquq ham faqat qonun ijodkorlik faoliyati bilan emas, balki xalqning turm ush sharoitlari asosida tegishli normalarning tasodifiy shakllanishi bilan ham vujudga keladi. H uquqiy normalarning va institutlarning shakllanishi va taraqqiyoti obyektiv rivojlanish natijasidir. Ushbu rivojlanish o ‘z-o ‘zidan, davr talabi va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun insonlar bu jarayonga aralashmasliklari lozim. H uquqqa tarixiy yondashuvning m ashhur vakili K.Savinining fikricha, milliy ruhning harakati bilan huquq ham tasodifiy rivojlanadi. Taraqqiyotning birinchi bosqichida huquq odatlar shaklida nam oyon b o ia d i, ikkinchisida huquqshunos olimlar tom onidan ishlov beriladi, bunda u o ‘zining ildizi — xalqning um um iy e ’tiqodi bilan aloqasini yo‘qotmaydi. Xalq ruhi bilan sug‘orilmagan huquq, jam iyatda yashab keta olmaydi. M azkur nazariyaning asosiy g‘oyalari: — huquq — tarixiy hodisa b o ‘lib, til kabi faqat biror kishining kelishuvi yoki kimningdir ko‘rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiy sharoitdan kelib chiqadi va rivojlanadi. — huquq — dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltirib chiqaruvchi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Q onunlar “ milliy ruh” , “xalq ongi” zamirida huquqdan kelib chiquvchi qoidalar majmuidir. — bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib, yirik yer egaligi hukm ron b o ‘lgan vaqtda insonning tabiiy huquqlarini tan olishi m um kin b o ‘lmagan. H uquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o ‘ziga xos kamchiliklari yo‘q emas: — bu nazariya yirik yer egaligi tuzum i inqirozga uchragan bir paytda tabiiy huquq nazariyasiga qaram a-qarshi nazariya sifatida eski tuzum ni saqlab qolish niyatida vujudga kelgan; — huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun q o ‘yishga harakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jarayonida huquqiy urf-odatlar ijtimoiy m unosabatlam i tartibga solishda davlat organlarining huquqiy hujjatlarisiz ojizlik qilib qoladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling