283. mutlaq aniq sanksiyalar, ularda noxush oqibatlarning miqdori aniq
ko‘rsatilgan (xodimni xizmat burchini bajarishdan ozod etish, ishdan
b o ‘shatish, jarim aning aniq miqdori va hokazo) b o ‘ladi;
284. nisbiy aniq sanksiyalar, bularda noxush oqibatlar chegarasining eng
ozidan eng ko‘pigacha yoxud faqat eng ko‘pigacha ko‘rsatiladi. A w alo,
bular Jinoyat kodeksining “falon yildan ... falon yilgacha ozodlikdan
m ahrum qilish bilan jazolanadi” yoki “ ... yilgacha muddatga ozodlikdan
m ahrum qilish bilan jazolanadi” shaklidagi sanksiyalaridir;
285. alternativ sanksiyalar, ularda “yoki” , “yoxud” birlashtiruvchiayiruvchi bog‘lovchilar orqali bir necha noxush oqibatlar (jazolar) ko‘rsatilib, sanab o ‘tiladi va huquqni qoNlovchi subyekt ulardan faqat bittasini —
hal etilayotgan holat uchun eng maqsadga muvofiq b o ‘ladiganini tanlay-
di. Bunday sanksiya quyidagicha ifodalanishi mumkin: yilgacha o zodlikdan m ahrum etish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti
oygacha qam oq bilan jazolanadi".
286. H uquq normalarini, ularda mustahkamlangan qoidalar xususiyatiga
qarab quyidagicha tasniflash mumkin:
Huquq va vakolat beruvchi normalar — ya’ni, huquq subyektiga q a n
day harakatlarni sodir etish m u m k i n l i g i n i ko‘rsatuvchi normalar.
Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga
binoan, “ ham m a uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. H ar bir inson
xohlagan diniga e ’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e ’tiqod qilmaslik
huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l q o ‘yilmaydi” .
Majburiyat yuklovchi normalar — ya’ni, qanday harakatlarni sodir
etish l o z i m l i g i n i ko‘rsatuvchi normalar. Masalan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga binoan, “ Fuqarolar atrof
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolishga m ajburdirlar” .
Do'stlaringiz bilan baham: |