1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


,Yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lsa, unda alternativ gipoteza deyiladi


Download 170.58 Kb.
bet88/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

269,Yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lsa, unda alternativ gipoteza deyiladi.

270,Agar gipotezada bironbir holatning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilishi yuridik normaning harakati bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bunday gipoteza oddiy gipotezadeb ataladi.

271,Agar gipoteza huquq normasining harakatini bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ko‘proq holatlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq qilib qo‘ysa, u murakkab gipoteza deb ataladi.

272,Bajarilishi shart bo‘lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha dispozitsiyalar – oddiy, tavsif etuvchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi. Oddiy dispozitsiyada xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum tushuncha, ibora, (masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam o‘ldirish») yordamida ta’riflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab etilmaydi, ammo ular qonunchiligimizda juda kam uchraydi.

273,Tavsif etuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining to‘liq bayonini o‘z ichiga oladi (masalan, JKning 169-moddasi: o‘g‘rilik – o‘zgalar mulkini yashirin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan o‘rinli bo‘lmasa-da, talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushunarli bo‘lishi uchun ma’lum bir ma’noda, qisqa shaklda bayon etiladi.


274,Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning
mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo‘llashda murojaat qilish zarur bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. «Blanket» so‘zi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan bo‘lib, asl ma’nosi blank tarzidagi
norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida to‘ldirish lozimligini anglatadi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling