1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinning paydo bo`lishi. Dinlar tasnifi. Urug’- qabila dinlari


Download 0.94 Mb.
bet8/106
Sana05.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#217046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
Дин Маърузалар матни 2019-2020,,,

Ontologiya (borliq haqidagi ta’limot) neotomizm falsafasining asosiy qismlaridan birini tashkil etadi. Neotomizm bo’yicha borliqka ta’rif berib bo’lmaydi. Borliq ilohiyotchilar uchun «birinchi mutloq tushuncha» deb qaraladi. Neotomistlarning talqinida bir tomondan borliq moddiy va nomoddiy ob’ektlar umumiy xususiyatlari mavhumiy (abstraktsiya) bo’lib gavdalansa, ikkinchi tomondan - Xudo deb qaraladi. Shuning uchun neotomistlarda borliq ham tabiat hodisalarining xususiyati haqidagi ta’limot ham Xudo borlig’i haqidagi ta’limot, deb qaraladi.

Bilish nazariyasi xususida Foma Akvinskiy tarafdorlari o’ziga xos ta’limot yaratganlar. Boshqa diniy-falsafiy qarashlardan farkli o’laroq neotomistlar ob’ektiv voqelikni tan olib, unga suyangan holda, bilish jarayonida tajribaning ahamiyatiga e’tibor qaratib, insonda ana shu tajriba yo’li bilan elementar tushunchalar paydo bo’ladi. Ammo bunday tajriba nomaterial mohiyat haqida bilim bera olmaydi.

Neotomistlar bilish jarayonini sub’ekt va ob’ektning o’zaro aloqalarida deb belgilaydilar. Sub’ekt bu insonning abadiy ruhi sifatida, ob’ekt esa narsalarning mohiyatidir. Shunday qilib, inson moddiy ob’ektning o’zini emas, balki undagi mavjud g’oyaviy mohiyatni biladi. Neotomistlarning gnoseologik nazariyasida moddiy borliq chetda qoladi.

Neotomizmning borliq va bilish nazariyasi II Vatikan sobori (1962-1965)gacha nafaqat yagona rasmiy falsafiy tizim deb qabul qilindi, balki katolitsizmning asosiy sotsial t’limoti bo’lib keldi. Ammo neotomizmning barcha anoxroniklardan tozalab, uni boshqa faleafiy tizimlar bilan boyitish maqsadida cherkov ulamolari tomonidan ham ta’qib qilina boshladi. Shundan so’ng uni zamonga muvofiqlashtirish, ayrim elementlardan tozalash bo’yicha yangi diniy-falsafiy tizimlar vujudga kela boshladi. Shulardan biri neoavgustinizmdir.

Neoavgustinchilik falsafasi. XX asrda neotomizm bilan bir qatorda katolik falsafasida neoavgustinlik qarashlari ham muhim o’rin egalladi. Unda intuitivizm tamoyillariga asoslanish mavjud. Neoavgustinizm qarashlarida hissiy ta’sir ko’rsatish vositalarini mutloqlashtirish, insoniy fikrlash qobiliyati inkor etilib, uning hissiy va axloqiy tajribasiga xavola qilish asosiy o’rinni egallaydi. Bu ta’limotga ko’ra din bu bilish emas, balki odamning bevosita Xudo bilan boshdan kechiradigan aloqasi, ilohiylik ehtiyojlari tufayli vujudga keladigan ichki tuyg’usidir. Uning bir qancha diniy-falsafiy maktablari bor. Bular - harakat filosofiyasi M.Blondel’ (1861-1949) katolik ekzistentsalizm vakili G.Marsel’ (1889-1973) personalist J.Lakrua (1900-1986) va boshqalar.

Neoavgustinchilik maktablarining vakillari quyidagi tamoyillarni yoqlab chiqdilar: tashqi olamni bilish uchun insoniyatning ichki tajribasi etarliligini; Xudo bilan inson o’rtasidagi bevosita aloqa haqidagi ta’limotni; ob’ektiv voqelikni bilishda ichki-hissiyot vositalarini birinchi o’ringa qo’yishni; shaxs muammolariga alohida e’tibor qaratishni va boshqalar.

Neoavgustinchilarning nazariyasi bo’yicha neotomistik kontseptsiya (nazariya)ning asosiy kamchiligi shundaki, ular dinni begonalashgan haqiqat shaklida tasavvur qilib, unga bilish jarayonida erishiladi deydilar. Neoavgusxinchilar kontseptsiyasida diniy imon bilish emas, balki dinga erishysh va Xudo bilan uchrashish shaxsga oid betakror tajribadir.

Neoavgustinchilar ob’ektiv voqelik dunyoni bilishda aqlning qobiliyatini tan oladilar, ammo aql bilan fan o’rtasini qat’iy chegaralab qo’yadilar. Ularning fikricha, fan borliqning mohiyatiga etolmaydigan bilishning kuyi bosqichidir Neoavgustinchilar bilish chegarasini kengaytirib, shaxsning bunga ekzistentsial (mavjudlik) tajribasi orqali erishish mumkin deydilar, Bunda bilishning axloqiy jihatdan taxdili ko’zda tutiladi. Yana ular falsafasida Xudo bilan iison munosabati markaziy o’rinni egallaydi.

Borliq mavjudlikning manbai va maqsadidir. Ammo ularning fikricha, voqelik mavjudlik bilan qo’shilib ketishga to’sqinlik qiladi. Ayni paytda voqelik mavjudlikning qaror topishida muhim komponent hisoblanadi.

Katolik falsafasidagi neotomizm, neavgustinizm falsafiy oqimlarning mazmun mohiyati bilan tanishishdan shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, ularning qarashlaridagi borliq, bilish nazariyasi, ijtimoiy, madaniy va axloqiy masalalar ilohiy nuqtai nazardan taxdil qylinadi; ikkinchidan, masalaga turlicha yondashuv va har xil talqin berishda fan yutuklaridan foydalanib, Xudo borlig’ini isbotlashga harakat qilinadi; uchinchidan, katolitsizm yo’nalishidagi diniy falsafada xozirgi zamon fani va talabiga moslashish tendentsiyasi ko’zga taishanadi.

Ontologiyada Xudo borlig’i, dunyo va insonning ilohiy kelib chiqishiga markaziy o’rin ajratiladi. Akademik falsafa bo’yicha, ratsional bilish uchun kosmologik, ideologik, psixologik, ontologik, axloqiylik etarli emas. Faqat ular Iisus Xristos haqidaga tasavvurlar bilan qo’shilgandagina to’liq bo’ladi.

G’ayritabiiy, ilohiy g’oya xukmronligi masalasi V.S.Solov’ev falsafasida borliq boshlanishining belgilovchisi bo’lib, olam uning intixosidir. Moddiy olam rivoji tugallangan deb tasavvur qilinmaydi, balki Xudo irodasi marhamati bilan rivojlana boradi. Bunda hayotning pastdan yuqori shakllariga qarab rivojlanish evolyutsiyasi kuzatiladi. Ya’ni ijodiy jarayonning boshlanishi bo’lgan minerallar, o’simlik dunyosini vujudga keltirishga asos bo’ladi, o’z navbatida bu hayvonot dunyosini, so’ng ma’naviy, dunyo insoniyatni vujudga kelishiga olib keladi.

V.S.Solov’ev qarashlarida ilohiy haqiqat, yaxshilik, go’zallik kabi ijobiy umumbirlikka to’liq bilim asosida erishish mumkin. To’liq bilimga shshiy-empirik yoki ratsional vositalar bilan erishib bo’lmaydi. Faqat bunga mistik (absolyut boshlanishni tan olgan holda) yo’l bilan erishish mumkin.

V.S.Solov’evning axloqiy nazariyasi shundan iboratki, insoniyat axloqiy mukammalikka faqat Iisus Xristos ko’rsatgan axloqiy qadriyatlarga to’liq e’tiqod qilish orqali erishadi. Bundan tashqari, insonda tabiiy hissiyotlar - uyat, achinish, muruvvatlilik kabi axloqiy normalar mavjud. Ammo ular kishilardagi individual o’ziga xos axloqiy tamoyillarning yuqori ko’rsatgichlari shaklida namoyon bo’lishi mumkin.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrda rus pravoslaviyasida xristiashgakning teologik yangilash tendentsiyasi yuzaga keldi. Bunga ilohiyotchilar, faylasuf olimlar o’z fikrlari bilan qatnashdilar. Bularning ichida ilohiyotchi, faylasuf P.A.Florenskiy (1882-1937) o’zining qator ishlarini xristianlikdagi teologik-yangilanish falsafasiga bag’ishladi.

P.A.Florenskiy fikriga ko’ra, haqiqatni bilishga aqliy intiutsnya, diniy kechinmalar ayniyligi asosida erishish mumkin. Bunda yuqoridan pastga, butunliqdan har xil cheksiz rivojlanish jaaryoni sodir bo’ladi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling