1. Dinshunoslik fanining predmeti. «Dinshunoslik»


Download 45.58 Kb.
bet1/11
Sana06.11.2023
Hajmi45.58 Kb.
#1752748
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu


1. Dinshunoslik fanining predmeti.
«Dinshunoslik» dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga kelishi va shakllanishini o’rgatuvchi fan, ta’limot va o’quv predmetidir.
Din tushunchasiga olimlar duyoviylik, ilmiylik nuqtainazaridan, din arboblari esa muayyan diniy ta`limot asosida yondashishlari bois ushbu tushunchga turli ta`riflar beriladi. Din so’zi arab tilidan olingan bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi “ishonch, e’tiqod”dir. Istilohiy ma’nosi esa lotin tilidagi «religion» so’zi bilan mos keladi.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.
Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. U dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo’lishidan urug`-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo’lgan davrda yuz bergan jarayonni hamda jam iyat taraqqiyotida din bilan bog`liq bo’lgan barcha ijtimoiy, hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o’rganish, taxlil qilishni ko’zda tutadi.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog`liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan gapning aksicha kommunizm xayoliy narsa-yu, din doimiy ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinning tarkibiy qismlari quydagilardan iborat:
- diniy ta`limot: mazkur din bilan bog`liq aqidaviy qarashlar tizimi;
- xudo: ilohiy ong va qudrat sohibi bo`lgan oily mavjudot;
- ibodat: mazkur din ko`rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladigan marosim, rasm-rusum, udumlar majmui;
- diniy jamoa: (masjid, cherkov yoki ibodatxona qavmi): mazkur dinga e`tiqod qiluvchlarni birlashtiruvchi ijtimoiy institute;
- axloq me`yorlari: mazkur din ta`limotlarida muqaddaslashtirilgan ijtimoiy munosabat qoidalari1.
Din muammolariga xos dastlabki g`oyalar Markaziy Osiyoda -deizm, panteizm va boshqalar, bu o’lkada yashagan, ijod qilgan ulug` allomalar Muhammad Muso Xorazmiy, Axmad Farg`oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning "Ikki haqiqat" ta’limotida olg`a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shoh Akbar, so’ngra XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yo’nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Grimm, M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa maktablar paydo bo’lgan. XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveystariyalik psixolog K.Yung va ayniqsa, fransuz sostiologi E.Dyurkgeymning "kollektiv ong" haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Ammo o’sha davr dinshunosligi dinga o’z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, bu qarashlari diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bog`lanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan. Bu urinishlarni "asoslash" da turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan foydalangan. Amalda esa ilohiyotga ko’proq yondashgan.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan:

Download 45.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling