1. Dinshunoslik fanining predmeti. «Dinshunoslik»


Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 45.58 Kb.
bet4/11
Sana06.11.2023
Hajmi45.58 Kb.
#1752748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu

Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinshunoslik kursini o’qitishdan birinchi maqsad talabalarni din va diniy ta’limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta’limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi holati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida tutgan o’rni haqida ilmiy-nazariy ta’limotlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi.
Ikkinchidan, O’rta Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi, xalqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o’rni, madaniyat va ma’naviyat, san’at va adabiyotni boyitishga ko’shgan hissasi xususida talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o’rgatilishdan iborat.
Uchinchidan, ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo’lgan dinlarning shakllari, ta’limotlari, yo’nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil qilish orqali mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat.
Yuqoridagi maqsadlarga erishishda Sh.M.Mirziyoyevning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risida" gi yangi tahrirdagi qonun, Jinoyat, Fuqorolik, Oila, kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo’lib xizmat qiladi.
Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Oliy o’quv yurti talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llanib, ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan dunyoviy imon va e’tiqodni shakllantirish;
ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug`, qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlannshining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini tarixiy dalillar asosida har tomonlama ilmiy taxlil kilish va umumlashtirish;

Download 45.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling