1. Dinshunoslik fanining predmeti. «Dinshunoslik»


Download 45.58 Kb.
bet5/11
Sana06.11.2023
Hajmi45.58 Kb.
#1752748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu

uchinchidan, kursni o’rganish jarayonida dinning ta’rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya (asosiy tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarda tutgan o’rni; jamiyatni, shaxsni ma’naviy kamol toptirishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati; islomning Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston xalqlari madaniyati va ma’naviyatiga ta’siri kabi masalalarni falsafiy taxlil qilish;
to’rtinchidan, talabalarga islom manbalari - Qur’oni karim, hadis, shariat haqida umumiy ilmiy tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf ta’limotini takomillashtirishda hamyurtlarimiz ijodini bayon etish;
beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to’liq kafolatlanganligi isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yo’lida qilinayotgan sa’y-harakatlarni tavsiflash, nihoyat, milliy va diniy qadriyatlarning sog`lom avlodni, jumladan talabalarni kamol toptirishga bag`ishlash, ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
2. Dinning jamiyatda bajaradigan funksiyalari.
«Dinshunoslik» fani dinning gnoseologik va ijtimoiy ildizlarini, uning mohiyatini, kelib chiqishi va rivojlanib borishini mufassal taxlil etib bergan. Dinning psixologik ildizi inson psixikasining xususiyatlariga bog`liq bo’lib, u olamning odam ongida in’ikos etishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Dinga ishonuvchining rastional va hissiy elementlarini o’z ichiga oluvchi bu ruhiy (psixik) holatlari diniy o’z-o’zini anglash va o’zini o’zi his etish vujudga kelishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratadi. Bunda muayyan ijtimoiy, avvalo salbiy sub’ektiv omillarning ta’sirida ro’yobga chiqishi, amalga oshishi mumkin. Bu omillar turli xil salbiy hislar paydo bo’lishi uchun sababdir. Dinshunoslikning vazifasi talabalarga ana shu sabablarning salbiy oqibatlari oldini olish, ularni bartaraf etish yo’llarini o’rgatishdan iborat.
Ilmiy falsafaning inson ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan qoidasiga asoslanadigan bo’lsak, jamiyatdagi birliklarni, hamkorliklarni shakllantirishda ijtimoiy omillar hal kiluvchi rol o’ynashi, shaxs bu omillarning qonuniy mahsuli ekanligi ayon bo’ladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos bo’lgan asosiy hodisalar xususiyatlarini, ularning paydo bo’lishi, o’zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va anglashga yordam beradi. Tarixiy, ijtimoiy usul deb atalmish bunday yondashuv tarixiy etnografik tadqiqotlarni olib borishda va ularning natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. U yosh avlodda, jumladan talabalarda diniy e’tiqod va an’analarning saqlanishi va takrorlanishiga sabab bo’ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda to’g`ri yo’nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ijtimoiy-psixologik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izoxdash, tavsiflash mumkin emas. Din ma’naviy, aniqrog`i, g`oyaviy-madaniy omil bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ko’pgina jihatlardan ijtimoiy-ruhiy hodisa hamdir.
Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimdarning manbai bo’lib, jamoa va guruxlar fikrini shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruxlarning dasturlarini, qadriyat yo’nalishlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bo’lishi va evolyustiyasi, muayyan jamiyatdagi shart-sharoitni va uning dastlabki shakllari - totemizm, fetishizm, animizm, sehrgarlik, zardushtiyliklarni o’rganish, turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda dinning paydo bo’lish, mavjud bo’lib turish sabablari va ildizlarini o’rganishni ham taqozo etadi.
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funkstiyani boshqaradi. Bular qatoriga kompensatorlik, to’ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ (nazorat qiluvchilik), kommunikativ (aloqa bog`lovchilik), legitimlik (qonunlashtiruvchilik) funksiyalar kiradi.
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo’lgan din xalqlar hayoti bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy vazifalarni bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanib muayyan qolipga tushib, har biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan.
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funksiyasining qisqacha ta’rifi va tavsiflari quyidagilardan iborat.

Download 45.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling