1. Doiraviy kesimli sterjenlar buralishidagi deformatsiyalar Doiravi
Download 273.91 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- §. Mustahkamlik naz a riyalari haqida tushuncha
Doiraviy kesimli bo‘lmagan sterjenlarning buralishi
Yuqorida (7.1b-rasmda) ko‘rsatib o‘tilganidek, ko‘ndalang kesimi doirasimon bo‘lmagan sterjenlarning buralishida tekis kesimlar qiyshayadi, ya’ni ko‘ndalang kesimlarda deplanatsiyasi hodisasi ro‘y berib, materiallar qarshiligining asosiy gipotezasi – tekis kesimlar gipotezasini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababli doirasimon shaklda bo‘lmagan sterjenlardagi kuchlanish va deformatsiyalarni aniqlash masalasi elastiklik nazariyasi usullari vositasida yechiladi. Ushbu usullar bilan olingan natijalar materiallar qarshiligida ko‘rilayotgan masalalarda qo‘llanilganligi sababli, bu bo‘limda asosiy formulalarni isbotsiz keltirib o‘tamiz. Doirasimon bo‘lmagan sterjenlarni hisoblashda ishlatiladigan formulalar qulay bo‘lishi uchun ularning doiraviy kesimli sterjenlar buralishida olingan ko‘rinishda yozamiz, ya’ni t = b М max Wb (7.20) 7- §. Mustahkamlik nazariyalari haqida tushuncha Real inshootlar va muhandislik konstruksiyalari asosan murakkab kuchlanish holatida ishlaydi. Shuning uchun ularning elementlarini buzilishi, bosh kuchlanishlar yoki bosh kuchlanishlar nisbatlarining turli xil qiymatlarida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar uchun materiallarning mexanik xarakteristikalarini aniqlash va hisob ishlarini bajarish ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu bilan birga bunday ishlarni amalga oshirish murakkab laboratoriya sinovlarini tashkil etishni talab qiladi. Murakkab kuchlanish holatidagi jism elementlarining mustahkamligini chiziqli kuchlanish holati uchun o‘tkazilgan laboratoriya tadqiqotlari asosida aniqlash mustahkamlikni baholashda ko‘p qulayliklar yaratadi. Shuning uchun materiallar qarshiligi fanida mustahkamlikni baholash uchun bir nechta nazariyalardan foydalaniladi. Odatda murakkab kuchlanish holatidagi jism elementlarining mustahkamlik shartini tuzish, hamda nazariy va tajriba natijalarini bir-biri bilan solishtirish uchun ekvivalent kuchlanish sekv deb ataluvchi kattalik ishlatiladi. Ekvivalent kuchlanish sekv murakkab kuchlanish holatida, materialni xuddi cho‘zilish va siqilishdagidek xavfli holatga olib keladigan kuchlanishdir. Umuman murakkab kuchlanish holatida mustahkamlik shartini quyidagicha ifodalash mumkin: sekv £[s] (5.31) bu yerda, [s] –cho‘zilish yoki siqilishda ruxsat etilgan kuchlanish. Hozirgi kunda materialda xavfli holat yuz berishini aniqlovchi qator gipoteza va mustahkamlik shartlari mavjud. + 1. Ularning ichida eng soddasi Lame (1833-yil) va Renkin (1850-yil) lar tomonidan taklif etilgan «eng katta normal kuchlanishlar nazariyasi»dir, unga asosan bosh kuchlanishlardan birining qiymati ruxsat etilgan kuchlanishga yetganda materialda xavfli holat boshlanadi deb qaraladi. Shunga asosan tekis kuchlanish holatida (5.11) dan foydalanib mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin: 1 s 2 sekv =s1 = sz 2sy ± 2 ( z −sy )2 +4 z £ [ ]. (5.32) Ushbu shartni s1 > 0 bo‘lgan holda qo‘llash, mo‘rt materiallarda o‘tkazilgan tajriba sinovlarida tasdiqlangan bo‘lib, u materiallarning 141
s = £ alohida bo‘lakchalarni bir–biridan ajralib, buzilishi haqidagi farazni o‘zida aks ettiradi. t s 2. Kulon tomonidan taklif etilgan eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasida yoki kesish nazariyasida, (uchinchi mustahkamlik nazariyasi) ekvivalent sekv kuchlanish eng katta urinma kuchlanishga teng deb olinadi, ya’ni ekv= max. Tekis kuchlanish holatida bu nazariyaga asosan mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin: [ 2 sekv = ( z −sy ) + 4 z £ s] (5.33) Xususiy holda, ya’ni sy=0 bo‘lsa s sekv = sz +4 z £[ ] (5.34) bo‘ladi. Ushbu mustahkamlik nazariyasi jismlarni siljitish orqali buzish mumkinligi haqidagi farazni tasdiqlaydi va u cho‘zilish va siqilishga bir xil qarshilik ko‘rsatuvchi plastik jismlar uchun qo‘llaniladi. 3. Mizes va Genki tomonidan taklif etilgan mutahkamlik nazariyasida, shakl o‘zgarishining solishtirma potensial energiyasi chegaraviy qiymatga erishganda materialda xavfli holat yuz beradi degan farazga asoslangan. Bu nazariya to‘rtinchi yoki energetik nazariya deb ataladi. Bu nazariya bo‘yicha tekis kuchlanish holatida mustahkamlik sharti quyidagicha yoziladi: æsz +sy ö2 æsz −sy ö2 2 ekv è 2 ø è 2 ø z ] s = £ Xususiy holda, ya’ni sy=0 bo‘lsa, 2 2 Download 273.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling