1. Doston haqida umumiy ma’lumot. Baxshilar san’ati haqida. Doston kuylash tartibi


REJA: 1. Doston yaratilgan tarixiy davr


Download 25.74 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1246240
1   2   3
Bog'liq
О‘ZBEK XALQ DOSTONLARI

REJA:
1. Doston yaratilgan tarixiy davr.
2. Dostonning g‘oyaviy mazmuni.
3. Alpomish xalq orzusida ideal qaxramon.
4. Asardagi salbiy tiplar.
8. Dostonning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari.
5. “Gо‘rо‘g‘li” dostonlarining tarqalish doirasi versiya va variantlari
6. “Gо‘rо‘g‘li” dostonlarining xilma-xilligi va о‘ziga xos xususiyatlari

“Alpomish” dostoni qadimiy qahramonlik eposning yorqin namunasidir.


Doston bir qator turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim turkiy bо‘lmagan xalqlar orasida keng tarqalgan. Uning о‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, versiyalari doston xolida tojik, tatar, О‘rta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. О‘rta asr о‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitob Dadam Qо‘rqit” tarkibidagi “Bamsi Bayrak” asari о‘zining syujeti va kompozisiyasi bilan “Alplmish” dostoniga juda yaqin turadi.
“Alpomish” dostoni о‘zbek xalqi orasida ikki versiya va kо‘plab variantlarda juda keng tarqalgan.
DOSTON YARATILGAN DAVR VA UNING G‘OYAVIY MAZMUNI. Xalq og‘zaki ijodi asarlarining yaratilishi tarixini belgilash nihoyatda qiyindir. Chunki, ular og‘zaki ijro va ijod davomida bizga muayan о‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Shuning uchun xam folklor asarlarining yaratilish davri belgilanganda ularda tasvirlangan asosiy masaladan ikkinchi darajalarini farqlash keying davrda kirib kelgan g‘oya va motivlarni hisobga olish kerak bо‘ladi.
“Alpomish” dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi sevgi va sadoqat urug‘ birligini kuylovchi ulkan eposdir. Doston Qо‘ng‘irot urug‘i boshliqlari aka-uka Boybо‘ri va Boysarilarning farzandsizligini tasvirlash bilan boshlanadi.
Sevimli yor oila va shu bilan bog‘liq ravishda yangi tipdagi urug‘ birligi uchun kurash xamda bunga tо‘sqinlik qiluvchi barcha qora kuchlarni yengish «Alpomish” dostonining asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
“Alpomish” dostonida xalqimizning qaxramonlik haqidagi ideallari mard bо‘lishi va dushmanga qarshi kurashish kerak degan g‘oya bо‘rtib turadi.
Dostonda el yurtga muxabbat motivlari urug‘ birligi g‘oyasi bilan birlashib ketadi. Ajralish qabila urug‘i a’zolari boshiga og‘ir kulfat keltiradi. Barchin, Qaldirg‘och, Boysarining о‘zi xam о‘zga mamlakatda xor-zor bо‘lishlarini takror aytadilar. Dostonning xar ikkala qismida xam Alpomishning Barchinga uylanishi Qо‘ng‘irot urug‘ining yangidan birlashishiga olib keladi.
“Alpomish” dostoning asosiy obrazlari.
“Alpomish” dostoning bosh qahramoni Sahroi bahodir Qо‘ng‘irot urug‘ining umidi va ishonchi Xakimbek-Alpomishdir.
Dostonda Alpomishning kuch-qudrati tasvirlanishiga alohida e’tibor berilgan. Dostonda obrazini yanada tо‘ldirib turuvchi timsollardan biri qaldirg‘ochdir. Uning ichki olami yangasi Barchin jiyani Yodgor akasi Alpomishga mexribonchiligi dostonning ikkinchi qismida yanada yorqin jaranglaydi.
Dostonda Alpomish bilan Qorajonning dо‘stligi tasvirlash alohida о‘rin egalaydi.

DOSTONLARDA AN’ANAVIY USLUB VA POETIK FORMALAR.
Asrlar bо‘yi ishlangan, puxtalangan xalq badiiy an’anasi va kuylovchi ijodiy faoliyat birligida vujudga kelgan dostonlarda an’anaviy uslub elementlari va poetik shakllar asosiy о‘rinni tutadi.
Dostondan dostonga aynan yoki ayrim о‘zgarishlar bilan kо‘chib yuradigan parchalar umumiy tipik о‘yinlar yoki epik klishenlar deb yuritiladi. Dostonlarning boshlamasi va tugallanmasi qahramonlarga nasihat ot ta’rifi otda safar, jang ta’rifi maton singari an’anaviy obrazlarning portretlari va boshqa epik klishelar hisoblanadi.
Xullas «Alpomish” dostoni ming yillar qaridan bizga yetib kelgan asrlar nidosi ajdodlarimiz orzu armonlarining shonli qо‘shig‘idir.
Ona vatanimizning ozodligi va mustaqilligi yo’lida kо‘kragini qalqon qilib yo’liga tushgan dushmanlarning dodini berib, jonlarini fido qilgan sheryurak Vatan о‘g‘lonlari Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdilar о‘z zamonasining Alpomishlrari bо‘lganlar.
“Alpomish” eposi ajdodlarimiznng bizga meros qilib qoldirib ketgan о‘ziga xos pand-о‘giti ibratli nasihatnomasidir. Bu shunday pandnomaki, u kelajak nasllarni el yurtni sevishni Vatan tuprog‘ini kо‘zga tо‘tiyo qilishni о‘rgatadi.
“Gо‘rо‘g‘li” dostonlari xalq dostonlarida har biri mustaqil nomiga ega bо‘lgan asarlar silsilasi bir biriga birlashgan katta turkum bо‘lib, Yaqin va О‘rta Sharqda keng tarqalgan. Bu turkum о‘zbek, turkman, qozoq, tatar. Gо‘rо‘g‘li, Kо‘rо‘g‘li ozar, arab, grek, turk va boshqalarda Kо‘rо‘g‘li nomi bilan shuhrat qozongan.
“Gо‘rо‘g‘li” katta ikki tarmoqqa bо‘linadi. Fanda biri Kavkaz orti va Yaqin Sharq versiyalari ikkinchisi О‘rta Osiyo versiyasi deb ataladi. Bu ikki tarmoq о‘zaro umumiylikka ega bо‘lsada, ularda qamrab olingan voqelik, epik an’ana va bosh qahramonga berilgan baho bir birdan farq qiladi.
Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalariga xos bо‘lgan umumiy xususiyatlar Ozarbayjon variantida о‘z ifodasini topgan. Unda tasvirlanishicha Kо‘rо‘g‘li qirq yigitga bosh bо‘lib, feodal tuzumiga qarshi isyonkorlik harakatlarini olib boradi.
О‘rta Osiyo versiyalari xususan о‘zbek variantlarini umumiylashtirish va ideallashtirrishni juda yuqori darajasini kо‘ramiz. Bunda qahramonona о‘tmish konkret tarixiy voqealar sifatida emas, balki mislsiz romantik lavxalarda xalqning beqiyos ideallari kо‘lamida tasvirlanadi.
О‘zbek dostonida Gо‘rо‘g‘li turkman va о‘zbeklarning begi, qonuniy hukmdor sifatida tasvirlanadi.
О‘zbek xalqi Gо‘rо‘g‘li va uning yigitlari xaqida «Kunlarim” , “Armonim qolmadi”, “Bormi jahonda” kabi termalar bilan bir qatorda har bir yarim ikki ming satrdan tortib, о‘n о‘n ikki ming satrgacha kо‘plab dostonlar yaratgan.
“Gо‘rо‘g‘li” turkumi xalq dostonlari turmush va maishatini, orzu umidlari va ideallarini ijtimoiy qarashlarini keng planda tasvirlanuvchi epopeyadir.
“Gо‘rо‘g‘li” dostonlar gultoji qо‘shiqlar sarasi, xalqimizning qalbidan quyulib chiqqan she’riyat qaymog‘idir.
MUSTAQIL DAVLATIMIZNING BUGUNGI KUNDA ILM MA’RIFATGA bо‘lgan e’tibori xar qachongiga nisbatan ortdi. Shu ma’noda milliy mustaqillikni ximoya qilish xamda yosh avlodning ma’naviyatini boyitishda о‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarining xususan, “Alpomish” va “Gо‘rо‘g‘li” singari vatanparvarlik va mardlikni ulug‘lovchi bebaxo merosimizning ahamiyati beqiyosdir.

Q.YO’ldoshev dostonning badiiyati borasida dostonxon omma tushunadigan tilda fikrlash lozim va mumkin ekanligini kо‘rsatdiki, bu ishning ma’rifiy-ma’naviy ahamiyati beqiyosdir. Bu xususiyat ushbu tadqiqotning qimmatini oshiradigan asosiy jihatdir. Olim “Alpomish” dostonini xalqning qalbida yetilgan, botinidan unib chiqqan hisoblaydi. Uni millat qiyofasini, mangu haqiqat izlab toblangan qarashlarini aks ettirgan tiniq bir adabiy kо‘zgu sanaydi. Ana shu kо‘zguga darz ketmasligi, bugungi avlodlar unda о‘tmishi, hozirgi va ertangi kunini tip-tiniq holda kо‘rishini jon dili bilan istaydi. Muallifning tili ravon, soda, ta’sirli, aniq. Mulohazalari salmoqli va izchil.


Tog‘ni birdaniga kо‘rib bо‘lmaydi, daryoni, dengizni bor bо‘yicha idrok etish imkonsiz. Buyuk estetik hodisalar ham shunday. Ularning hamma qatlamlarini birdaniga his etish, ta’sirlanish, anglash, izohlash mumkin bо‘lmagan ishdir. “Alpomish” dostoni ayni shunday ulkan va miqyosi beadad badiiy hodisadirki, yuzlab tadqiqotlar bilan ham bu ulkan badiiy kо‘lamni tо‘liq izohlash mushkul. Lekin inson uchun tog‘ni kezish, uni о‘rganish, daryoyu dengizda suzish hayotiy zarurat bо‘lgani kabi “Alpomish” badiiyati xususida fikrlashmoq ham о‘shanday badiiy ehtiyojdir.
“Alpomish” millat uchun faqat о‘tmish emas, hozir va kelajak hamdir. U – barcha badiiy buyuk asarlar singari abadiyatga daxldor. Harakatdagi ruhiyat, amaldagi estetikadir.
Folklorshunoslikda anchadan buyon “Alpomish” avval ertak sifatida paydo bо‘lgan, sо‘ng dostonga aylanib, kuylana boshlangan degan qarash hukmron.
Butun boshli dostonni kuyga solib aytish an’anasi hamma xalqlarning og‘zaki ijodida ham uchrayvermaydi. Dunyodagi boshqa millatlarni kamsitmagan holda aytish mumkinki, doston yaratish hamma xalqlarning ham qо‘lidan kelavermagan.


ADABIYOTLAR
1. Abdullayev. Xalq dostonlari va ularning varianlari T 1984
2. V M Jirmunskiy X Zaripov Озбекский народний героический эпос T 1985
3. T Mirzayev. О‘zbek xalq turkumlar T 1985
4. M Murodov. Sarchashmadan tomchilar T 1985
5. Gо‘rо‘g‘lining tug‘ilishi. Tо‘rt jildlik .Aytuvchi R Yusuf о‘g‘li.- T, 1996
Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling