1. Doston haqida umumiy ma’lumot. Baxshilar san’ati haqida. Doston kuylash tartibi


Download 25.74 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1246240
  1   2   3
Bog'liq
О‘ZBEK XALQ DOSTONLARI


DOSTON.
REJA


1. Doston haqida umumiy ma’lumot.
2. Baxshilar san’ati haqida.
3. Doston kuylash tartibi.
4. Dosatonchilik maktablari.
5. Dostonlar klassifikasiyasi.

Doston о‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri.


“Doston” sо‘zi qissa hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu atama og‘zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarning ma’nosini anglatadi.
Dostonlarda tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda о‘z ifodasini topadi. Favqulodda juda katta kuch-qudratga ega bо‘lgan qaxramonda butun bir xalqning orzu umidlari intilishlari mujassamlashgan bо‘ladi. Yirik hajmli va keng kо‘lamli dostonlarning poetik bayoniga kо‘tarinkilik tantanavorlik she’riy va prozaik qismlarning davomiyligi almashinib ketishi xosdir.
Xorazmda epik asarlarni ulardan topilgan parchalar va ayrim atamalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar deb yuritiladi. Xalfachilik asosan ayollar orasida keng tarqalgan. Ular chistondan parchalar turli marosim qо‘shiqlarini ijro etadilar.
О‘tmishda qissaxonlik Shahar joylarda keng rivojlangan bо‘lib, keyingi vaqtlarda umuman uchramaydi. Epik asarlarni avloddan-avlodga yetkazishda har doim baxshilar yetakchilik qilganlar. Ulardan Jumanbulbul Jassoq, Jolmon, Sulton kampir, Suyar, Xaybat, Abdulla shoir va hokazolar.
Baxshilar repertuarining hajmi bir xil emas. Odatda oddiy baxshilar 5-10 doston bilganlar. Eng qobiliyatli yuksak hofiza quvvatiga ega bо‘lgan ijodkorlar repertuarida 30-40 doston bilgan.
DOSTON KUYLASH TARTIBI. О‘zbek dostonchiligida an’anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan.
Baxshi ijro davomida dostonchi xar bir tasviriga mos sо‘z va kuy topib, avjga chiqara boradi, о‘zlarining ta’biri bilan aytganda «qaynaydi” о‘rni-о‘rni bilan eshituvchilarga murojaat etib, ularning diqqatini о‘ziga tortadi.
Shundan keyin baxshi dо‘mbirani tо‘nkarilgan holda qoldirib, tashqariga chiqadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbog‘ini о‘rtaga yoyadi. Har kim о‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki biron narsa tashlaydi. Baxshi qaytib xonaga kirguncha yig‘ilgan pul va narsalarni tugib qо‘yiladi. Sо‘ng dostonning qolgan qismi kuylanadi.


Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling