1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Diniy dunyoqarashga xos bo’lgan xususiyatlar


Download 328.62 Kb.
bet8/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

Diniy dunyoqarashga xos bo’lgan xususiyatlar:

  • e’tiqod, ya’ni xudoning bor ekanligiga ishonish, unga aql va bilim bilan itoatda bo’lish;

  • qandaydir g’ayri tabiiy kuchlarga, ular tomonidan sodir etilajak mo’’jizalarga ishonish va e’tiqod qilish;

  • diniy ibodatlarning borligi;

  • diniy «muqaddas yozuv – kitob»larning mavjudligi;

  • cherkov, machitlarning diniy tashkilot sifatida faoliyat olib borishi bilan ifodalanadi.

Diniy dunyoqarashning mifologik dunyoqarashdan farqi:
a) diniy ongning o’z ob’ekti va sub’ektni qat’iy tarzda ajrata olishi, mifning esa odamni tabiatdan ajrata olmasligi;
b) dinning olamni jon va tana, ruh va vujud, Yer va osmon, tabiiy va g’ayri tabiiy sohalarga ajratishi, mifning esa o’z afsonaviy shaxslarining faqat mavjud moddiy olam qo’ynida yashaydi deb tushunishi;
v) dinda e’tiqodning amaliy xatti-harakatlar bilan chambarchas bog’liqligi, mifda esa uning hali amaliy e’tiqod darajasiga ko’tarilmaganligi;
g) dinda odamning Xudo bilan ruhan birlashuvi masalalarining aniq ifoda etilganligi, mifda individning o’z qarindosh-urug’lari bilan birlashuvining tasvirlanishi bilan belgilanadi.
Diniy dunyoqarashni teologiya ( «teo» – xudo, «logos» – ta’limot) deb ataladigan fan o’rganadi.
Dunyoqarashning navbatdagi rivojlangan tarixiy tipi falsafa hisoblanadi.
3. Falsafiy dunyoqarash: ta’rifi va xususiyatlari. Falsafiy dunyoqarash – bu olam va odam munosabatlaridagi tabiat,jamiyat va insonning eng umumiy o’zaro bog’lanish, aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish asosida kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadigan va rivojlanadigan bir butun olam haqidagi ilmiy, tarixiy, mantiqiy, universal, maqsadli, g’oyaviy, nazariy bilim va amaliy xatti-harakatlarning yaxlit tizimidir.
Falsafiy dunyoqarashga xos bo’lgan xususiyatlar:
Falsafiy dunyoqarashning:
1) voqelikni mifologik yoki diniy dunyoqarashdagi hissiy-obrazli idrok ettirishdan tashqari abstrakt-tushunchalar orqali o’zlashtirishi;
2) tarixiy taraqqiyot silsilasida muayan bir tizim tarzida shakllangan tafakkur mahsuli bo’lgan ilmiy dunyoqarashning nazariy shakli bo’lib, uning dunyoqarash masalalarini tanqidiy ko’z bilan tadqiq etish va aniq dalil-isbotlar bilan hal qilishga asoslanishi;
3) mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli o’laroq, ularni qanoatlantiruvchiga qandaydir asoslariga tayanishi bilan emas, balki, ilmiy dunyoqarashning yadrosini tashkil etishi va ularning bir butunligini, o’zaro aloqadorligini va aniqligini ta’minlashi;
4) olamni anglashda ilmiy bilimlarga tayanishi va shu bilan bir vaqtda falsafa fanlarning rivojiga ham o’zining kuchli ta’sirini o’tkazishi hamda ilmiy bilishning umumiy metodologiyasi vazifasini bajarishi;
5) inson borlig’i muammosini imkon boricha aniq va mutlaq tarzda hal etishga urinishi;
6) insoniyat olamidagi axloqiy va estetik, ijtimoiy-siyosiy, qadriyat,
bilish kabi muammolar tadqiqi bilan shug’ullanishi;
7) avtoritetga emas, balki zaruriyatga qarab ijtimoiy na individual
faoliyat uchun zarur bo’lgan mezon va tamoyillarni ishlab chiqishi
bilan ifodalanadi.
2-sxema

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling