Kichik guruhlarning nomlanishi 1-guruh – “Ijtimoiy profilaktika” guruhi. 2-guruh – “Patronaj” guruhi. 3-guruh – “Muruvvat” guruhi. 4-guruh – “Sahovat” guruhi. -
- 1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
- 2. Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.
- 3. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
- 4. Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
- 5. Guruh taqdimotida hamma ishtirok etishi shart.
- Kichik guruhlarda muhokama etish uchun taqdim etiladigan masalalar
-
- 1- “Ijtimoiy profilaktika” guruhi uchun – Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni.
- 2- “Patronaj” guruhi uchun – Ijtimoiy pedagogning oillalarga ko’rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari.
- 3- “Muruvvat” guruhi uchun – Vasiylik va homiylik – ijtimoiy-pedagogik faoliyatning muhim yo’nalishi.
- 4- “Sahovat” guruhi uchun – Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik ish yuritish metodikasi.
- Kichik guruhlarda topshiriqni bajarish tartibi
- 1. Guruhga taqdim etilgan mavzu yuzasidan bayon etiladigan asosiy fikrlarni ajratib oling.
- 2. Asosiy fikrlarni vatman qog’oziga chizma yoki rasm ko’rinishida aks ettiring.
- 3. Vatman qog’ozida aks ettirilgan asosiy fikrlarga izoh berishni guruh a’zolari o’rtasida taqsimlang hamda har bir ishtirokchining mulohazasi bilan tanishing.
- Kichik guruhlar faoliyatini baholash mezoni
- 1. Muhokama uchun taqdim etilgan masala mohiyatini ochib berish –0,5 ball.
- 2. Fikrlarni asoslash va misollar keltirish – 0,25 ball.
- 3. Masala yuzasidan umumiy xulosa chiqarish – 0,25 ball.
-
- “Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning zaruriyati shundaki…” mavzusida asoslangan esse yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |